“Uztest” mutaxassislari Xitoyda ishlab chiqarilayotgan gigiyenik vositalar sifatini baholashda ishtirok etdilar

2025-yilning may oyida “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasining oziq-ovqat, parfyumeriya va kosmetika mahsulotlarini sertifikatlashtirish organi mutaxassislari Xitoy Xalq Respublikasining Quanzhou shahrida joylashgan “Tianjiao” korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida mutaxassislar korxonada ishlab chiqarilayotgan “Мама знает” savdo belgisi ostidagi bolalar tagliklari, nam salfetkalar, quruq salfetkalar va gigiyenik vositalarning muvofiqligini baholash jarayonlarida bevosita […]
Xitoyning CAERI kompaniyasi va “Uztest” o‘rtasidagi hamkorlik davom etmoqda

Avvalroq Xitoyning China Testing & Certification International Grup Co., Ltd (CTC) kompaniyasi bilan memorandumi imzolangan edi. Shuningdek, “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi hamda Xitoyning China Automotive Engineering Research Institute Co., Ltd. (CAERI) kompaniyasi o‘rtasida transport vositalarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha uzoq muddatli memorandum imzolangan. Mazkur kelishuv doirasida bugun, 19-avgust kuni CAERI kompaniyasi mutaxassislari […]
“Uztest” va “Agromax Technic” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi hamda “Agromax Technic” MCHJ o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Ushbu kelishuv ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi sohasida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va sifat nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi. “Agromax Technic” MCHJ qishloq xo‘jaligi sohasida ishonchli va zamonaviy texnikalarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Korxona Belarus, Turkiya, Polsha va […]
“Uztest” va CTC o‘rtasida qurilish laboratoriyasi tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolandi

Joriy yilning 9–13-iyun kunlari “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi mutaxassislaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Pekin va Süychjou shaharlari safarida bo‘ladi. Safar davomida Xitoyning China Testing & Certification International Group Co., Ltd (CTC) kompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazilmoqda. Muzokaralar natijasida “Uztest” DM va CTC o‘rtasida qo‘shma laboratoriyalar tashkil etish, yangi sinov uslublarini joriy […]
“Uztest” va SGS o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Mahalliy ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar salohiyatini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston mahsulotlarining xalqaro bozorlarga chiqishi uchun zarur bo‘lgan muvofiqlikni baholash hujjatlarini tayyorlashni ta’minlash maqsadida Shveytsariyaning Jeneva shahrida 11-iyun kuni “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi (Uztest) va Société Générale de Surveillance (SGS) kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum doirasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or tajribalarni […]
O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan televizor mahsulotlariga Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiruvchi Slovakiyaning muvofiqlik sertifikati olindi

“Artel Electronics Group” tarkibidagi televizor ishlab chiqaruvchi “Quality Device” MCHJ korxonasi Slovakiyaning TSU (Technický skúšobný ústav Piešťany, a.s.) sertifikatlashtirish organi tomonidan Yevropa direktivlariga asosan sinovlar o‘tkazlib, muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘ldi. Olingan muvofiqlik sertifikati sinov natijalariga asosan, televizor mahsulotlariga SЕ markirovkasini qo‘llashga ruxsat beriladi. Yevropa parlamenting qaroriga asosan, televizor mahsulotlari past kuchlanishli jihozlarning xavfsizligi (Low Voltage […]
O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida sifat nazorati va sertifikatlashtirish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi hamda Slovakiya Respublikasining Peshtyani shahrida joylashgan Slovakiya texnik universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum ikki mamlakat o‘rtasida sifat infratuzilmasi, mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish, sertifikatlashtirish hamda texnik reglamentlar bo‘yicha tajriba almashish va amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishni ko‘zda tutadi. Imzolangan hujjatga ko‘ra, tomonlar quyidagi kadrlar salohiyatini oshirish, laboratoriyalararo solishtiruv sinovlarini […]
Sloveniyada xalqaro IQNet tarmog‘ining 37-Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda

Joriy yilning 26–30-may kunlari Sloveniya Respublikasining Lyublyana shahrida xalqaro IQNet tarmog‘ining 37-Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir doirasida “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi direktori Javlon Kattaxo‘jayev IQNet prezidenti janob Alex Stoichitoiu hamda ijrochi direktor Pedro Alves bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, hamda “Uztest”ning IQNet assotsiatsiyasiga to‘liq a’zo bo‘lish […]
Standartlashtirish sohasida O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi

Lyublyana shahridagi Sloveniya Standartlar instituti (Slovenian Institute for Standardization – SIST)da O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov, “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi direktori Javlon Kattaxo’jayev SIST bosh direktori Strle Vidali bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Muloqot chog‘ida joriy yilning 21–22-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sloveniya Respublikasiga rasmiy tashrif doirasida imzolangan standartlashtirish […]
Mutaxassislar Belarussiyada o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdi

Joriy yilning 12–15-may kunlari Minsk shahrida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengash (MGS) ekspertlari tomonidan «Mahsulotlar va xizmatlar sifati sohasidagi yutuqlari uchun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mukofoti» ko‘rik tanlovi auditorlari uchun trening-o‘quv kursi tashkil etildi. MGS ekspertlari tomonidan ishtirokchilarga tanlov shartlari va talablari, baholash mezonlari, sifat tizimlariga qo‘yilgan talablar bo‘yicha kerakli tavsiyalar va tushunchalar […]