Sloveniyada xalqaro IQNet tarmog‘ining 37-Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda

Joriy yilning 26–30-may kunlari Sloveniya Respublikasining Lyublyana shahrida xalqaro IQNet tarmog‘ining 37-Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir doirasida “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi direktori Javlon Kattaxo‘jayev IQNet prezidenti janob Alex Stoichitoiu hamda ijrochi direktor Pedro Alves bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, hamda “Uztest”ning IQNet assotsiatsiyasiga to‘liq a’zo bo‘lish jarayonlarini muhokama qildilar.

Shu bilan birga, “UzTest” tomonidan xalqaro tashkilotga a’zo bo‘lgan bir qator xorijiy idoralar rahbarlari bilan ham muzokaralar olib borildi va kelgusida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi. JQA (Yaponiya), SIRIM QAS International (Malayziya), Eagle certification group (Amerika), YUQS (Serbiya), KFQ (Koreya), IRCLASS (Hindiston) hamda SIQ (Sloveniya) kabi assotsiatsiyaga a’zo korxonalar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Hozirda “UzTest” markazi tomonidan mazkur xalqaro assotsiatsiyaning to‘laqonli a’zoligini qo‘lga kiritish bo‘yicha zarur ishlar qilinmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, IQNet – bu Shveytsariyada joylashgan bosh ofisga ega xalqaro sertifikatlashtirish tarmog‘i bo‘lib, 36 ta milliy va xalqaro sertifikatlashtirish tashkilotlarini birlashtirgan yirik assotsiatsiya hisoblanadi. Unda 400 dan ortiq vakolatxonalari faoliyat yuritadi.

Murojaatlar uchun

Savol, taklif  va qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun