O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan televizor mahsulotlariga Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiruvchi Slovakiyaning muvofiqlik sertifikati olindi

“Artel Electronics Group” tarkibidagi televizor ishlab chiqaruvchi “Quality Device” MCHJ korxonasi Slovakiyaning TSU (Technický skúšobný ústav Piešťany, a.s.) sertifikatlashtirish organi tomonidan Yevropa direktivlariga asosan sinovlar o‘tkazlib, muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘ldi. Olingan muvofiqlik sertifikati sinov natijalariga asosan, televizor mahsulotlariga SЕ markirovkasini qo‘llashga ruxsat beriladi.

Yevropa parlamenting qaroriga asosan, televizor mahsulotlari past kuchlanishli jihozlarning xavfsizligi (Low Voltage Directive (LVD), elektromagnit moslanuvchanlik (Electromagnetic Compatibility (EMC), radioto‘lqin qabul qiluvchanlik Radio Equipment Directive (RED), ekodizayn va energo yorliqlash (Ecodesign and Energy Label) va Yelektr va elektron qurilmalarda xavfli moddalarni cheklash (Restriction of Hazardous Substances in Electrical and Electronic Equipment (RoHS) direktivalari orqali bozorga chiqariladi.

Televizor mahsulotlari Slovakiya va Turkiyadagi xalqaro akkreditatsiyaga ega sinov laboratoriyalarida sinov o‘tkazilinib, muvofaqiyatli test natijalariga erishdi. Bu esa televizor mahsulotlarini Yevropa bozoriga kirishiga imkoniyat beradi.

Ma’lumot uchun, Slovakiyaning TSU sertifikatlashtirish organi Slovakiya akkreditatsiya tashkiloti (CNAS) tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan bo‘lib, Yevropaning notifikatsiyalangan organlari qatoriga kiradi.

Murojaatlar uchun

Savol, taklif  va qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun