E’LON

(Tijorat taklifi uchun so‘rov) “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi Toshkent viloyati, Pskent tumani, Lolaarik MFY, Baliqchi ko‘chasi 174-uy manzilidagi obyekti uchun kamida 100 kVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini yetkazib berish va o‘rnatish yuzasidan qiziqish bildirgan korxona va tashkilotlarni ilova qilingan texnik topshiriqa muvofiq narxlarni aniqlash bo‘yicha tijorat taklif taqdim etishni taklif […]
“UzTest” laboratoriyalarini Yangi Toshkent laboratoriyalar kampusiga ko‘chirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Texnik jihatdan tartiga solish agentligi va uning tizim tashkilotlari, shu jumladan, “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” (UzTest) davlat muassasasi qoshidagi laboratoriyalarni Yangi Toshkent laboratoriyalar kampusiga ko‘chirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida navbatdagi muhokama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan dastlabki loyiha hujjatlariga ko‘ra, “UzTest” laboratoriyalari uchun 3 ta alohida bino ko‘zda tutilgan: Oziq-ovqat […]
DIQQAT, E’LON!

“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” (UzTest) davlat muassasasida 05.03.01 – Asboblar. O’lchash va nazorat qilish usullari (tarmoqlar bo’yicha) ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga 2025-yil 5-oktyabrdan boshlab bir oy muddatga qabul boshlandi. Doktorantura (DSc)ga o‘qishga topshirishda talabgorlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi: oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda […]
IQNET Assotsiatsiyasi boshqaruvchi direktori Pedro Alves “UzTest”ga tashrif buyurdi

“Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasiga IQNET Assotsiatsiyasi boshqaruvchi direktori Janob Pedro Alves tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida “UzTest”ning IQNET tarmogʻiga a’zo bo‘lish masalalari muhokama qilindi. Janob Pedro Alves xalqaro tarmoq faoliyati, a’zolik tartibi va bu jarayonning afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, “UzTest”ning IQNETdagi pozitsiyasi hamda qo‘yilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar bo‘yicha o‘z […]
E’LON

Tijorat taklifi uchun so‘rov “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik tartibga solish agentligining tarkibiy tuzilmalari sinov laboratoriyalari majmuasini “Yangi Toshkent” hududida yaratish» maqsadida loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish yuzasidan qiziqish bildirgan tashkilotlarni ilova qilingan texnik topshiriqa muvofiq xizmatlar narxini aniqlash bo‘yicha tijorat takliflarini taqdim etishni taklif etadi. https://uztest.uz/wp-content/uploads/2025/09/Tijorat taklif So‘rov-Texnik Topshiriq konsepsiyasi.pdf Ishlarning maqsadi: […]
Qurolli kuchlar davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi

“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati” markazi davlat muassasasasi yosh mutaxassislari «Vatan muqaddas va uni himoya qilish sharafli burchdir!» shiori ostida Qurolli kuchlar davlat muzeyiga borib, Qurolli Kuchlar tarixi, Markaziy Osiyo xalqlari harbiy san’ati, shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari rivojlanishining hozirgi davri bilan tanishdi. 1965-yilda tashkil etilgan ushbu muzeyda buyuk sarkarda Amir Temurga bag‘ishlangan […]
“Uztest” xodimlari “Muvofiqlikni baholash” bo‘yicha attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi

“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” Milliy menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organining 15 nafar xodimidan 11 nafari O‘zbekiston standartlar institutida “Muvofiqlikni baholash” sohasida ishlash bo‘yicha attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi. Natijada, ular belgilangan tartibda guvohnomalar bilan taqdirlandi. Ushbu guvohnomalar mutaxassislarga sohaga oid faoliyatni yanada professional darajada olib borish, mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish va xalqaro talablarga mos ravishda […]
E‘lon

“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi (Uztest) jamoatchilik o‘rtasida, ayniqsa, yoshlar orasida korrupsiya va poraxo‘rlikni davlatni rivojlanishiga salbiy ta’siri, uning oqibatlari, korrupsiyaga murosasiz munosabatini shakllantirish bo‘yicha ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi. Tanlov shartlariga ko‘ra, kasbu-kori, yoshi, millati va jinsidan qat’iy nazar, yurtimiz fuqarolarining barchasi ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilar korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurash […]
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi – Piskent poligonida avtomobillar sinovi to‘xtatilishi ortidan avtomobillarni faqat rasmiy dillerlar import qilishi va sotishi bo‘yicha tizimi joriy qilinishi mumkinligi yuzasidan turli xal ma’lumotlar tarqatilmoqda. Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz: Iste’molchilar manfaatlarini ta’minlash va sifat kafolatiga ega bo‘lmagan avtomobillarni respublikamizga olib kirilishini hamda jamoat yo‘llarda baxtsiz […]
“Uztest” mutaxassislari Xitoyda ishlab chiqarilayotgan gigiyenik vositalar sifatini baholashda ishtirok etdilar

2025-yilning may oyida “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasining oziq-ovqat, parfyumeriya va kosmetika mahsulotlarini sertifikatlashtirish organi mutaxassislari Xitoy Xalq Respublikasining Quanzhou shahrida joylashgan “Tianjiao” korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida mutaxassislar korxonada ishlab chiqarilayotgan “Мама знает” savdo belgisi ostidagi bolalar tagliklari, nam salfetkalar, quruq salfetkalar va gigiyenik vositalarning muvofiqligini baholash jarayonlarida bevosita […]