
Joriy yilning 9–13-iyun kunlari “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi mutaxassislaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Pekin va Süychjou shaharlari safarida bo‘ladi.

Safar davomida Xitoyning China Testing & Certification International Group Co., Ltd (CTC) kompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazilmoqda. Muzokaralar natijasida “Uztest” DM va CTC o‘rtasida qo‘shma laboratoriyalar tashkil etish, yangi sinov uslublarini joriy etish, o‘zaro solishtirma sinovlar (MLS) o‘tkazish hamda mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tadbirda CTC kompaniyasi direktori o‘rinbosari, Xitoy Kommunistik partiyasi a’zosi Song Kaisen ham ishtirok etdi. U o‘z nutqida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi texnik hamkorlik izchil rivojlanayotganini ta’kidladi hamda yangi loyihalar ikki tomon uchun strategik ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |



