“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi hamda “Agromax Technic” MCHJ o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Ushbu kelishuv ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi sohasida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va sifat nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

“Agromax Technic” MCHJ qishloq xo‘jaligi sohasida ishonchli va zamonaviy texnikalarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Korxona Belarus, Turkiya, Polsha va boshqa davlatlarning yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi texnikalarini, jumladan, traktorlar, lazerli yer tekislagichlar va boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi agregatlarini O‘zbekiston fermerlariga yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.
Imzolangan memorandum kelgusida O‘zbekiston fermer xo‘jaliklarini yanada samarali texnika vositalari bilan ta’minlash, shuningdek, texnikalarning sifatini nazorat qilish va sinovdan o‘tkazishda “Uztest” davlat muassasasining ilmiy salohiyatidan foydalanishga imkon yaratadi.
