
Mahalliy ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar salohiyatini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston mahsulotlarining xalqaro bozorlarga chiqishi uchun zarur bo‘lgan muvofiqlikni baholash hujjatlarini tayyorlashni ta’minlash maqsadida Shveytsariyaning Jeneva shahrida 11-iyun kuni “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi (Uztest) va Société Générale de Surveillance (SGS) kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum doirasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish, standartlashtirish va sinov metodlarini takomillashtirishga doir qator yo‘nalishlarda hamkorlik qilish rejalashtirilmoqda.
![]() |
![]() |
Tashrif doirasida SGS kompaniyasining sanoat va atrof-muhit, shuningdek, tabiiy resurslar yo‘nalishi bo‘yicha rahbari – Egidijus Jokubauskas bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar istiqbolli yo‘nalishlar, xususan, mahsulotlarning xalqaro sertifikatlashtirish talablariga javob berishini ta’minlash, sinov natijalarini tan olish va laboratoriyalararo hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qilishdi.
SGS kompaniyasi 1878-yilda tashkil etilgan, bosh qarorgohi Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan dunyodagi yetakchi inspeksiya, ekspertiza, sinov va sertifikatlashtirish kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Hozirda SGS 150 dan ortiq mamlakatda 98 000 dan ziyod xodim va 2 650 dan ortiq laboratoriya va ofislar tarmog‘iga ega.


