Lyublyana shahridagi Sloveniya Standartlar instituti (Slovenian Institute for Standardization – SIST)da O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov, “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi direktori Javlon Kattaxo’jayev SIST bosh direktori Strle Vidali bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
![]() |
![]() |
Muloqot chog‘ida joriy yilning 21–22-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sloveniya Respublikasiga rasmiy tashrif doirasida imzolangan standartlashtirish to‘g‘risidagi bitim va «GSP+» preferensiyalar tizimi ikki mamlakat o’rtasida talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berishni ko‘paytirish orqali tovar ayirboshlash hajmini 500 million yevroga yetkazish va savdoning o‘sishiga turtki berishi ta’kidlandi.
Ikki davlat oʻrtasidagi standartlashtirish sohasida hamkorlik munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari, sohasda hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, texnik qo‘mitalar faoliyatini takomillashtirish, xalqaro standartlarni joriy etish va kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston–Sloveniya o‘rtasida soha yo‘nalishida o‘zaro manfaatli hamkorligini yanada kengaytirish, tomonlarning ulkan salohiyatidan to‘liq foydalanish, yangi istiqbolli loyihalarni ishga kengaytirish va yanada chuqurlashtirish bo‘yicha fikr almashildi.
Mazkur uchrashuv ikki tomonlama munosabatlatni mustahkamlash va o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish istagini tasdiqlovchi muhim qadam bo‘ldi.
Ma’umot uchun, SIST faoliyati 2000-yildan boshlangan. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO), Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC), Yevropa Standartlashtrish tashkilotlari CEN-CENELECning to‘laqonli a’zosi. ISO tashkilotini 49 ta texnik qo‘mitasida to‘laqonli, 76 ta texnik qo‘mitasida kuzatuvchi IEC tashkilotini 27 ta texnik qo‘mitasida to‘laqonli, 73 ta texnik qo‘mitasida kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi. 185 ta davlatning sifat infratuzilmasini baholab boruvchi Global sifat infratuzilma indeksi (GQII)da 46-o‘rinni egallagan.

