
Joriy yilning 12–15-may kunlari Minsk shahrida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengash (MGS) ekspertlari tomonidan «Mahsulotlar va xizmatlar sifati sohasidagi yutuqlari uchun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mukofoti» ko‘rik tanlovi auditorlari uchun trening-o‘quv kursi tashkil etildi.
MGS ekspertlari tomonidan ishtirokchilarga tanlov shartlari va talablari, baholash mezonlari, sifat tizimlariga qo‘yilgan talablar bo‘yicha kerakli tavsiyalar va tushunchalar berildi.

Tadbirda “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi vakillari ham faol tarzda ishtirok etdi.