Oʻzbekiston va Rossiya o‘rtasida organik mahsulotlar va laboratoriya sinovlari sohasida hamkorlik kengaytirilmoqda

Toshkent shahridagi “Central Asian Expo Uzbekistan” majmuasida o‘tkazilayotgan «Innoprom. Markaziy Osiyo» beshinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasida “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” (Oʻztest) hamda “Rossiya sifat tizimi” (Роскачества) avtonom notijorat tashkiloti o‘rtasida oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi. Bu orqali organik mahsulotlar ishlab chiqarish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalarida hamkorlikni mustahkamlash ko‘zda tutilgan boʻlib, axborot va tajriba almashinuvi […]

Tatariston delegatsiyasi sinov laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi

“Rosstandart” agentligi bilan keng qamrovli hamkorlik doirasida “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasida “Tatariston standartlashtirish, metrologiya va sinov markazi” delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi. “Tatariston SMS” markazi direktori Ibragimov Oleg Yevgenevich rahbarligidagi delegatsiya UzTest faoliyatini ko‘zdan kechirdi, markazda olib borilayotgan ilmiy-sinov ishlari, mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish jarayonlari, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlarining sinovi bilan tanishdi. […]

O‘zbekistonlik mutaxassislar Janubiy Koreyaning KATRI kompaniyasi laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi

Uzbekistan Textile Standart & Certification capacity building program grant dasturi doirasida “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasisi mutaxassislari Janubiy Koreyaning KATRI (Korea Apparel Testing & Research institute)kompaniyasiga tegishli laboratoriya faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Avvalroq KATRI ekspertlari “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasisining Yengil sanoat mahsulotlarini sinash laboratoriyasiga kelgandi.

Sanoat korxonalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi Buxoro filiali mas’ullari tomonidan sanoat korxonalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Korxona tomonidan viloyatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning muvofiqligini baholash masalalarida amaliy yordam ko’rsatilishi qayd etildi. Shuningdek, kelgusida korxonaga xalqaro standartlarni joriy qilish yuzasidan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olindi.

Yirik sanoat korxonasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi Xorazm filiali Sertifikatlashtirish bo’limi xodimlari “UzAutoMotors” AJ Xorazm filialida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi. Ushbu yirik korxonaga soha yuzasidan konsultativ xizmatlar ko‘rsatildi. Chevrolet Labo rusumli yengil yuk avtomobiliga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirish uchun arizalar olindi va ayni paytda transport vositasi sinov jarayonlarida.