Avvalroq Xitoyning China Testing & Certification International Grup Co., Ltd (CTC) kompaniyasi bilan memorandumi imzolangan edi. Shuningdek, “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi hamda Xitoyning China Automotive Engineering Research Institute Co., Ltd. (CAERI) kompaniyasi o‘rtasida transport vositalarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha uzoq muddatli memorandum imzolangan.

Mazkur kelishuv doirasida bugun, 19-avgust kuni CAERI kompaniyasi mutaxassislari “Uztest” korxonasiga tashrif buyurib, markaz vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
![]() |
![]() |
Muloqot chog‘ida transport vositalarini sinovdan o‘tkazish, milliy akkreditatsiyadan o‘tkazish, xalqaro standartlarni joriy etishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, ikki tomon hamkorligi doirasida tajriba almashish va kelgusida amalga oshirililadigan ishlar yuzasidan imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

