Xitoyning CAERI kompaniyasi va “Uztest” o‘rtasidagi hamkorlik davom etmoqda

Avvalroq Xitoyning China Testing & Certification International Grup Co., Ltd (CTC) kompaniyasi bilan memorandumi imzolangan edi. Shuningdek, “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi hamda Xitoyning China Automotive Engineering Research Institute Co., Ltd. (CAERI) kompaniyasi o‘rtasida transport vositalarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha uzoq muddatli memorandum imzolangan. Mazkur kelishuv doirasida bugun, 19-avgust kuni CAERI kompaniyasi mutaxassislari […]
“Uztest” va “Agromax Technic” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi hamda “Agromax Technic” MCHJ o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Ushbu kelishuv ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi sohasida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va sifat nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi. “Agromax Technic” MCHJ qishloq xo‘jaligi sohasida ishonchli va zamonaviy texnikalarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Korxona Belarus, Turkiya, Polsha va […]
“Uztest” va CTC o‘rtasida qurilish laboratoriyasi tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolandi

Joriy yilning 9–13-iyun kunlari “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi mutaxassislaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Pekin va Süychjou shaharlari safarida bo‘ladi. Safar davomida Xitoyning China Testing & Certification International Group Co., Ltd (CTC) kompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazilmoqda. Muzokaralar natijasida “Uztest” DM va CTC o‘rtasida qo‘shma laboratoriyalar tashkil etish, yangi sinov uslublarini joriy […]
“Uztest” va SGS o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Mahalliy ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar salohiyatini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston mahsulotlarining xalqaro bozorlarga chiqishi uchun zarur bo‘lgan muvofiqlikni baholash hujjatlarini tayyorlashni ta’minlash maqsadida Shveytsariyaning Jeneva shahrida 11-iyun kuni “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi (Uztest) va Société Générale de Surveillance (SGS) kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum doirasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or tajribalarni […]
O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida sifat nazorati va sertifikatlashtirish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi hamda Slovakiya Respublikasining Peshtyani shahrida joylashgan Slovakiya texnik universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum ikki mamlakat o‘rtasida sifat infratuzilmasi, mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish, sertifikatlashtirish hamda texnik reglamentlar bo‘yicha tajriba almashish va amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishni ko‘zda tutadi. Imzolangan hujjatga ko‘ra, tomonlar quyidagi kadrlar salohiyatini oshirish, laboratoriyalararo solishtiruv sinovlarini […]
Xalqaro tajriba va ilmiy hamkorlik yo‘lida: UzTest vakili Tartu Universitetida malaka oshirmoqda

“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasining Mahsulotni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi boshlig‘i ayni paytda Estoniyaning nufuzli oliygohi — Tartu universitetida malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda. Malaka oshirish davomida u o‘z doktorlik dissertatsiyasi asosida olib borgan ilmiy tadqiqot natijalarini universitet professorlari va ilmiy xodimlari ishtirokida taqdim etdi. Tadqiqot natijalari yetakchi professorlar tomonidan yuqori baholandi, […]
Oʻzbekiston va Rossiya o‘rtasida organik mahsulotlar va laboratoriya sinovlari sohasida hamkorlik kengaytirilmoqda

Toshkent shahridagi “Central Asian Expo Uzbekistan” majmuasida o‘tkazilayotgan «Innoprom. Markaziy Osiyo» beshinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasida “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” (Oʻztest) hamda “Rossiya sifat tizimi” (Роскачества) avtonom notijorat tashkiloti o‘rtasida oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi. Bu orqali organik mahsulotlar ishlab chiqarish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalarida hamkorlikni mustahkamlash ko‘zda tutilgan boʻlib, axborot va tajriba almashinuvi […]