“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi Xorazm filiali Sertifikatlashtirish bo’limi xodimlari “UzAutoMotors” AJ Xorazm filialida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.
Ushbu yirik korxonaga soha yuzasidan konsultativ xizmatlar ko‘rsatildi. Chevrolet Labo rusumli yengil yuk avtomobiliga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirish uchun arizalar olindi va ayni paytda transport vositasi sinov jarayonlarida.