“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi Buxoro filiali mas’ullari tomonidan sanoat korxonalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Korxona tomonidan viloyatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning muvofiqligini baholash masalalarida amaliy yordam ko’rsatilishi qayd etildi. Shuningdek, kelgusida korxonaga xalqaro standartlarni joriy qilish yuzasidan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olindi.
