Qurolli kuchlar davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi

“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati” markazi davlat muassasasasi yosh mutaxassislari «Vatan muqaddas va uni himoya qilish sharafli burchdir!» shiori ostida Qurolli kuchlar davlat muzeyiga borib, Qurolli Kuchlar tarixi, Markaziy Osiyo xalqlari harbiy san’ati, shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari rivojlanishining hozirgi davri bilan tanishdi.

1965-yilda tashkil etilgan ushbu muzeyda buyuk sarkarda Amir Temurga bag‘ishlangan alohida «Temuriylar davri harbiy san’ati» ekspozitsiyasi ham mavjud. Bu yerda harbiy yurishlar xaritalari, askarlar saflanishining sxemalari, qurol-aslahalar, nishonlar va Temuriylar davrining boshqa eksponatlari, bundan tashqari, O‘zbekiston xalqining ikkinchi Jahon urushida ishtirokiga bag‘ishlangan ekspozitsiya ham o‘rin olgan.

Yosh mutaxassislar, shuningdek, muzeyda “Mustaqil O‘zbekistonni qo‘riqlash” ekspozitsiyasida qo‘shin turlari, harbiylar hayoti, ularning jangovar va harbiy-siyosiy tayyorgarligi haqida ma’lumotlar olishdi.

Murojaatlar uchun

Savol, taklif  va qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun