E‘lon

“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi (Uztest) jamoatchilik o‘rtasida, ayniqsa, yoshlar orasida korrupsiya va poraxo‘rlikni davlatni rivojlanishiga salbiy ta’siri, uning oqibatlari, korrupsiyaga murosasiz munosabatini shakllantirish bo‘yicha ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov shartlariga ko‘ra, kasbu-kori, yoshi, millati va jinsidan qat’iy nazar, yurtimiz fuqarolarining barchasi ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilar korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurash mavzusida original va kreativ usulda chizilgan yoki biron bir buyumga tushirilgan rasmlarni Markazga yuborishlari mumkin.

Qog‘ozga qo‘lda chizilgan rasmlar eng kamida A3 (29.7×42 sm) va undan yuqori xajmdagi formatda (qalam, flomaster, rangli qalamlar, bo‘yoqlar, eskizmarkerlari yordamida chizish), biron bir buyumga tushirilgan rasmlar esa xajmidan qat’iy nazar asosiysi korrupsiyaning illat ekanligi, rivojlanish va taraqqiyotga g‘ov ekanligi ko‘rsatilishi lozim.

Har bir ishtirokchi faqatgina bitta ijod namunasini yuborish imkoniyatiga ega. Ijod namunasi suratini +998-20-022-21-36 raqamdagi telegram akkauntiga F.I.Sh va telefon raqami ko‘rsatilgan xolda yuborishi, asl nusxasi esa Toshkent shahar Yakkasaroy tumani, Bog‘ibuston ko‘chasi, 210-uy, indeks 100121, “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” DM Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limiga yuborilishi lozim.

Ijod namunalari joriy yilning 10-sentyabrdan 20-noyabrga qadar qabul qilinadi.

Hay’at a’zolari tomonidan barcha ijodiy ishlar ko‘rib chiqilib, eng munosiblari tanlab olinadi va 9-dekabr, Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni arafasida g‘oliblar e’lon qilinadi va tantanali ravishda taqdirlanadi.

G‘oliblarga,

  • 1-o‘rin g‘olibiga – noutbuk
  • 2-o‘rin g‘olibiga – planshet
  • 3-o‘rin egasiga–kimmatbaxo qo‘l soati taqdim etiladi.

Murojaatlar uchun

Savol, taklif  va qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun