O‘zbekistonlik mutaxassislar Janubiy Koreyaning KATRI kompaniyasi laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi

Uzbekistan Textile Standart & Certification capacity building program grant dasturi doirasida “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasisi mutaxassislari Janubiy Koreyaning KATRI (Korea Apparel Testing & Research institute)kompaniyasiga tegishli laboratoriya faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Avvalroq KATRI ekspertlari “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasisining Yengil sanoat mahsulotlarini sinash laboratoriyasiga kelgandi.
Sanoat korxonalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi Buxoro filiali mas’ullari tomonidan sanoat korxonalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Korxona tomonidan viloyatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning muvofiqligini baholash masalalarida amaliy yordam ko’rsatilishi qayd etildi. Shuningdek, kelgusida korxonaga xalqaro standartlarni joriy qilish yuzasidan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olindi.
Yirik sanoat korxonasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi Xorazm filiali Sertifikatlashtirish bo’limi xodimlari “UzAutoMotors” AJ Xorazm filialida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi. Ushbu yirik korxonaga soha yuzasidan konsultativ xizmatlar ko‘rsatildi. Chevrolet Labo rusumli yengil yuk avtomobiliga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirish uchun arizalar olindi va ayni paytda transport vositasi sinov jarayonlarida.