E’LON

Tijorat taklifi uchun so‘rov

“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik tartibga solish agentligining tarkibiy tuzilmalari sinov laboratoriyalari majmuasini “Yangi Toshkent” hududida yaratish» maqsadida loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish yuzasidan qiziqish bildirgan tashkilotlarni ilova qilingan texnik topshiriqa muvofiq xizmatlar narxini aniqlash bo‘yicha tijorat takliflarini taqdim etishni taklif etadi.

https://uztest.uz/wp-content/uploads/2025/09/Tijorat taklif So‘rov-Texnik Topshiriq konsepsiyasi.pdf 

Ishlarning maqsadi:

Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha xizmatlarning taxminiy qiymati va bajarish muddatlarini belgilash.

Tijorat takliflari quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:

  • O‘xshash loyihalardagi tajriba haqida ma’lumotlar;
  • Ishlarni bajarish qiymati (o‘zbek so‘mida yoki chet el valyutasida);
  • Bajarish muddati;
  • Tashkilotning yuridik va bank rekvizitlari;
  • Litsenziyalar va boshqa ruxsatnomalar nusxalari (mahsus ruxsat talab etilsa).

Takliflarni topshirish muddati:

2025 yil 25 sentyabrga qadar, soat 12:00 (Toshkent vaqti bilan).

Takliflarni topshirish shakli:

Elektron shaklda: info@uztest.uz elektron manziliga yoki qog‘oz shaklida: O‘zbekiston Respublikasi, 100121 Toshkent shahri, Bog‘ibuston ko‘chasi, 210 uy pochta manzilga. Telefon: +99878 150-6353; +99871 202-00-11 (ichki: 1122, 1130)

Ma’lumot olish uchun mas’ul: Yakubjanov Abbos (+99890 567-0737), Abduqodirov Jahongir (+99897 712-0254).

Murojaatlar uchun

Savol, taklif  va qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun