IV Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiga barchangizni taklif etamiz!

Anjuman 2026-yil 27-may kuni bo’lib o’tadi. Maqolalar 2026-yil 1-maygacha qabul qilinadi. 15 nafar maqola mualliflari «Eng yaxshi maqola» nominatsiyasi bo’yicha diplom va esdalik sovg’alar bilan taqdirlanadi. Konferensiyaning barcha ishtirokchilariga sertifikat beriladi. Anjuman axborot xati Ro’yxatdan o’tish: @Jaloliddin_Yusubov (Telegram)
O‘zbekiston va Tailand o‘rtasida muvofiqlikni baholash sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi

Joriy yilning 18-19-dekabr kunlarida Tailandning Bangkok shahrida “Tailand Halol Assambleyasi-2025” bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir doirasida “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi hamda Tailandning nufuzli Chulalongkorn Universiteti huzuridagi “Halol ilm-fan markazi” o‘rtasida 2026–2027 yillarda muvofiqlikni baholash sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi. Mazkur hujjat muvofiqlikni baholash, halol standartlarini joriy etish, sinov va […]
Korrupsiyaga qarshi kurash yuzasidan “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi direktorining murojaati

Aziz yurtdoshlar, hurmatli tadbirkor va ishbilarmonlar “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda ekanligini ma’lum qiladi. Davlatimiz siyosatining dolzarb muammolaridan biri boʻlgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish hamda oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan qator […]
“Uztest” vakillari IQNet tashkilotining Osiyo mintaqasi aʼzolari yig‘ilishida ishtirok etmoqda

Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida — Osiyo mintaqasidagi eng nufuzli sertifikatlash idoralarini birlashtiruvchi yirik anjumanda “O‘zbekiston-ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi mutaxassislari ham munosib ishtirok etmoqda. Ushbu uchrashuv Malayziyaning SIRIM QAS International sinov va sertifikatlash markazi tomonidan yuqori darajada tashkil etilib, IQNet global tarmog‘i doirasida mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Tadbirni SIRIM QAS International bosh […]
E’lon

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligining “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasida 2026-yil uchun tayanch doktoranturaga (PhD) hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga! “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasida 2026-yil uchun tayanch doktorantura (falsafa doktori – Doctor of Philosophy, PhD) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun 05.03.01 – Asboblar. O’lchash […]
“Intertek” kompaniyasi vakili O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Buyuk Britaniyaning to‘qimachilik sinovlari bo‘yicha ilg‘or tajribasini o‘rganish va muvofiqlikni baholash sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida “Intertek” kompaniyasining vakili, global yumshoq mahsulotlar (Softlines) bo‘yicha texnik direktor janob Deyv Smit 28–31-oktyabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Deyv Smit “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi faoliyati, xususan, Toshkent shahrida joylashgan to‘qimachilik sinov laboratoriyasi hamda Namangan viloyatining “Yuksalish” […]
IQNET DAY 2025 — 35 yil, Sifat uchun, Birgalikda!

Bugun xalqaro sertifikatlashtirish tarmog‘i — IQNET assotsiatsiyasi tashkil etilganiga 35 yil to‘ldi! 1989-yilda European Quality Network (EQNet) nomi bilan yo‘lga qo‘yilgan ushbu tarmoq 1990-yildan boshlab IQNET deb atalishni boshlagan. Bugungi kunda u 34 ta davlatdan 36 ta a’zoni birlashtirib, 84 ta iqtisodiyot va hududlarda 365 dan ortiq ofis orqali faoliyat yuritmoqda. “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat […]
E’LON

“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi (UzTest) tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) bosqichiga 2026-o’quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda. Tayanch doktoranturaga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy markazlar va ishlab chiqarish korxonalarida faoliyat yuritayotgan, ilmiy darajaga ega bo‘lmoqchi bo’lgan barcha talabgorlarni kutib qolamiz. Ixtisoslik yo‘nalishi: 05.03.01 – Asboblar. O‘lchash […]
Energiya samaradorligi va elektr jihozlarini markalash masalalariga bag‘ishlangan mintaqaviy konferensiyada “UzTest” mutaxassislari ishtirok etdi

Toshkent shahrida elektr jihozlarining energetik markalash tizimiga bag‘ishlangan Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasidagi mintaqaviy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi — Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida energetik markalash, huquqni qo‘llash mexanizmlari hamda bozor nazorati sohasida ilg‘or tajriba almashishga ko‘maklashishdan iboratdir. Anjumanda “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” (UzTest) mutaxassislari ham ishtirok […]
E’LON

(Tijorat taklifi uchun so‘rov) “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi Toshkent viloyati, Pskent tumani, Lolaarik MFY, Baliqchi ko‘chasi 174-uy manzilidagi obyekti uchun kamida 100 kVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini yetkazib berish va o‘rnatish yuzasidan qiziqish bildirgan korxona va tashkilotlarni ilova qilingan texnik topshiriqa muvofiq narxlarni aniqlash bo‘yicha tijorat taklif taqdim etishni taklif […]