
Korrupsiyaga qarshi kurash yuzasidan “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi direktorining murojaati
Aziz yurtdoshlar, hurmatli tadbirkor va ishbilarmonlar “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda ekanligini ma’lum qiladi.
Davlatimiz siyosatining dolzarb muammolaridan biri boʻlgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish hamda oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Shu bilan bir qatorda, muvofiqlikni baholash sohasida inson omilini qisqartirish maqsadida “singlewindow.uz” sayti ishga tushirilgan boʻlib, ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar “UzTest” davlat muassasasi orqali mahsulotlarini sertifikatlashtirishda faqatgina ushbu sayt orqali ariza yoʻllaydi, hujjat topshiradi va sertifikatini qabul qilib oladi. Bu esa jarayonda vaqt tejalishiga hamda shaffoflikning taʼminlanishiga olib keladi. Bundan tashqari, aholi va tadbirkorlar talabidan kelib chiqqan holda, mahsulotlarni sertifikatlashtirish, sinovdan oʻtkazish va sohada koʻrsatiladigan xizmat narxlari ochiq tarzda “UzTest” davlat muassasasining rasmiy “uztest.uz” saytida joylashtirilgan boʻlib, ushbu maʼlumotlarni batafsil koʻzdan kechirish va toʻliq shaklini yuklab olish imkoniyati yaratilgan.
Quvonarli jihati shundaki, joriy yilda “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasida xalqaro standart ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish (pora olish va berish bilan kurashish) menejmenti tizimi”ni ishlab chiqish, joriy etish va sertifikatlashtirishdan oʻtkazish boʻyicha audit jarayonlari olib borilib, xalqaro sertifikat taqdim etildi. Unga koʻra, Markaz va uning hududiy filiallari korrupsiya illatidan holi hamda ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatda ekanligi bildirildi.
Xulosa qilib aytganda, “UzTest” davlat muassasasi oʻz faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurash siyosati bilan chambarchas va uzviy ravishda tashkil etadi.
Shu oʻrinda, ushbu murojaat orqali bizning faoliyatimiz bilan bogʻliq korrupsiya yoki boshqa qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz darhol +99871 202-00-11 telefon raqamiga ichki 11-38 raqami bilan toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilishingizni soʻrab qolamiz. Shuningdek, quyidagi rasmiy sayt, elektron pochta va ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali ham istalgan vaqtda bevosita murojaat qilishingiz mumkin:
Rasmiy sayt: http://uztest.uz/;
Telegram: http://t.me/UzTEST_murojaatbot;
Facebook: https://www.facebook.com/uztestrasmiy;
Instagram: https://www.instagram.com/uztestrasmiy;
Elektron manzil: info@uztest.uz