So'nggi yangiliklar

Murojaatlar uchun

Savol, taklif  va qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun 

Ekofaol xodim

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “2030 yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-184-son qarori 2-ilovasidagi 2030 yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish kontseptsiyasini 2025-2026 yillarda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ga binoan “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasida tayinlangan Ekofaollik bo‘yicha mas’ul xodim to‘g‘risida ma’lumot.

F.I.Sh. Ish joyi, lavozimi Telefon raqami
1  Kuvatov Dilshod G‘ofir o‘g‘li  “UzTest” DM Markaz bosh ilmiy hodimi  +99833-809-09-99 

 

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi «O‘zbekiston — 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi PF-16-son Farmoni ijrosini ta’minlash, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ushbu yo‘nalishda davlat organlarining fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorlikdagi sa’y-harakatlarini hamda O‘zbekiston ekologik partiyasining fuqarolar ekologik bilimlarini oshirishga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.05.2025 yildagi PQ-184-sonli “2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida qarori qabul qilingan.
Davlat organlari, korxona va muassasalar xodimlarining ekologik madaniyatini yuksaltirish yo‘nalishida o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida «Ekofaol xodim» nomli alohida bo‘lim ochish, unda ekologik madaniyatni yuksaltirish, shu jumladan, targ‘ibot tadbirlari, ushbu yo‘nalishdagi namunali xodimlar haqida ma’lumotlar joylashtirish va ularni muntazam yangilab borish ishlarini amalga oshirish topshiriqlari belgilangan.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 yanvardagi «O‘zbekiston — 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi PF-16-son Farmonida aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratish borasida aholining kundalik hayotiga ekologik tamoyillarni singdirish orqali mamlakatimizda «Ekofaol fuqaro» hayot tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan «Bir million yashil oila» umummilliy harakati yo‘lga qo‘yilishi va aholi orasida targ‘ib qilish ishlari tashkil etilishi belgilangan.
Bunda ushbu harakatning asosiy tamoyillari etib quyidagilar belgilangan:
aholi orasida sog‘lom turmush tarzi, xususan, tibbiy madaniyatni oshirish, sog‘lom ovqatlanish, kunlik yurish va yugurishni targ‘ib qilish;
«yashil transportda», shu jumladan, velosipedda harakatlanishni rag‘batlantirish;
plastik mahsulotlardan foydalanishni kamaytirish;
oziq-ovqat isrofgarchiligining oldini olish;
suv, gaz va elektr energiyasi resurslaridan oqilona foydalanish;
chiqindilarni turlariga qarab saralashni yo‘lga qo‘yish.
Yil davomida ekologik tamoyillarni o‘zining kundalik hayotiga joriy etishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishganlarga «Ekofaol xodim» namunali xodim maqomi beriladi va O‘zbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligi rahbariyati tomonidan rag‘batlantiriladi.

“Tabiiy resurslarni boshqarish: Suv sarfini kamaytirish, energiya samaradorligi, atrof-muhit monitoringi” bo‘yicha hodimlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish yuzasidan o‘quv seminarlari tashkil etildi

Yosh mutaxassislar Islom yashil moliyasi bo‘yicha onlayn o‘quv kursida ishtirok etdi

“Yashil makon” loyihasi doirasida daraxt va bo‘ta ko‘chatlari ekildi