“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” Milliy menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organining 15 nafar xodimidan 11 nafari O‘zbekiston standartlar institutida “Muvofiqlikni baholash” sohasida ishlash bo‘yicha attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Natijada, ular belgilangan tartibda guvohnomalar bilan taqdirlandi. Ushbu guvohnomalar mutaxassislarga sohaga oid faoliyatni yanada professional darajada olib borish, mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish va xalqaro talablarga mos ravishda ishlash imkonini beradi.