2025-yilning may oyida “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasining oziq-ovqat, parfyumeriya va kosmetika mahsulotlarini sertifikatlashtirish organi mutaxassislari Xitoy Xalq Respublikasining Quanzhou shahrida joylashgan “Tianjiao” korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida mutaxassislar korxonada ishlab chiqarilayotgan “Мама знает” savdo belgisi ostidagi bolalar tagliklari, nam salfetkalar, quruq salfetkalar va gigiyenik vositalarning muvofiqligini baholash jarayonlarida bevosita ishtirok etdilar.
Mazkur hamkorlik mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlash, iste’molchilar xavfsizligini kafolatlash va o‘zaro tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |



