Oʻzbekiston va Rossiya o‘rtasida organik mahsulotlar va laboratoriya sinovlari sohasida hamkorlik kengaytirilmoqda

Toshkent shahridagi “Central Asian Expo Uzbekistan” majmuasida o‘tkazilayotgan «Innoprom. Markaziy Osiyo» beshinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasida “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” (Oʻztest) hamda “Rossiya sifat tizimi” (Роскачества) avtonom notijorat tashkiloti o‘rtasida oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi. Bu orqali organik mahsulotlar ishlab chiqarish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalarida hamkorlikni mustahkamlash ko‘zda tutilgan boʻlib, axborot va tajriba almashinuvi […]