Xalqaro LEEP tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi mutaxassislari hamda Lead Exposure Elimination Project (LEEP) xalqaro nodavlat tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida aholining, ayniqsa bolalarning sog‘lig‘iga qo‘rg‘oshin ta’sirini kamaytirish, bo‘yoq va lak mahsulotlarida qo‘rg‘oshin moddasidan foydalanishni qisqartirish hamda ushbu yo‘nalishda nazorat va tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Lead Exposure Elimination Project tashkiloti faoliyati haqida ma’lumot berilib, u bolalarda qo‘rg‘oshin bilan zaharlanish holatlarini kamaytirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashi, bozor tadqiqotlarini o‘tkazishi hamda ishlab chiqaruvchilarga xavfsiz texnologiyalarga o‘tishda ko‘maklashishi ta’kidlandi. Shuningdek, Markazning laboratoriyalaridan foydalanish va hamkorlikda ishlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda LEEP tomonidan katta menejer Florence Oberholzer hamda loyiha menejeri Sara Sudetić ishtirok etdi.

Murojaatlar uchun

Savol, taklif  va qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun