Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi «Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 122-sonli qaroriga asosan ishlab chiqaruvchi korxonalarga qulay shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga yordam berish maqsadida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish Byurosi (keyinchalik – Byuro) tashkil etildi.
Mahsulotni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi) «O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi» DM tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ilmiy sinov va sertifikatlashtirish markazlarida bittadan vakilga ega (Toshkent viloyatidan tashqari).
Byuro o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, «O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish» agentligining qarorlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi
Byuroning vazifalari, funksiyalari va huquqlari
Quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari hisoblanadi:
• eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga standartlar, mahsulotni sertifikatlash, yorliqlash, o‘rash va boshqa parametrlar yuzasidan xalqaro va mamlakatlararo talablar bo‘yicha bepul maslahat xizmatlari ko‘rsatish;
• ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqarishda xalqaro va mamlakatlararo standartlar talablarini joriy etish va ularga erishish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
• ishlab chiqaruvchi korxonalarga ishlab chiqarilayotgan mahsulotni xorijiy bozorlarga kiritish bo‘yicha zarur axborotlar olish uchun axborot-maslahat yordami ko‘rsatish;
• standartlar, mahsulotni sertifikatlash, yorliqlash, o‘rash va boshqa parametrlar yuzasidan xalqaro va mamlakatlararo talablar bo‘yicha doimiy yangilab turiladigan ma’lumotnomani ishlab chiqish va joriy etish, keyinchalik uni «O‘zstandart» agentligining Internet tarmog‘idagi saytiga joylashtirish.
Byuro o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
• eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalardan tushgan masalalarni o‘rganadi va ularga zarur axborotlar taqdim etadi;
• mahsulot eksporti masalalari bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi materiallarni umumlashtiradi, tayyorlaydi va «O‘zstandart» agentligiga taqdim etadi;
• mahsulotlarni xorijiy bozorlarga kiritishga doir mavjud muammolarni tahlil qiladi va ularni hal etish yuzasidan «O‘zstandart» agentligiga takliflar kiritadi;
• mahsulotlarni xorijiy bozorlarga kiritish bo‘yicha dasturlar va tadbirlar tayyorlashda qatnashadi;
Byuro «O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish» agentligi hamda “O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi tarkibiy tuzilmasi hisoblanib, manzili quyidagicha:
Yuridik manzil: Toshkent shahri 100049, Olmazor tumani, Forobiy ko‘chasi 333 «A».
Amaldagi bino manzili: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bog’ibo’ston ko’chasi 210.
“O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi elektron pochtasi: info@uztest.uz
Telefon raqami: (71) 202-00-11 (1171).
Markaziy Byuro mutaxassislari:
F.I.O.: Xojiev Elshod Yoqub o‘g‘li
Mutaxassisligi: Bo‘lim boshlig‘i
Tel. raqami: (71) 202-00-11 ichki: (1171)
Mob. raqami: (99) 000-09-71
F.I.O.: Sodiqova Malika Boxodirovna
Mutaxassisligi: Bosh mutaxassis
Tel. raqami: (71) 202-00-11 ichki: (1171)
Mob. raqami: (97) 707-64-56
F.I.O.: Xidirov Shoxrux Bobir o‘g‘li
Mutaxassisligi: Mutaxassis
Tel. raqami: (71) 202-00-11 ichki: (1171)
Mob. raqami: (91) 791-66-99
Viloyatdagi tadbirkorlar esa «O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish» agentligining hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalariga murojaat etishlari mumkin:
| Qoraqalpog‘iston | Nurgaliev Amangali | 90-709-48-28 |
| Andijon | Boyqishieva Dilnoza | 97-990-28-83 |
| Buxoro | Sharipov Sohibjon | 99-700-17-31 |
| Jizzax | Xudoyberdiev Jamshid | 90-310-38-66 |
| Qashqadaryo | Yo‘ldoshev Akbar | 90-517-88-44 |
| Namangan | Sulaymonov Alisher | 91-181-99-44 |
| Navoiy | Avezov Umid | 91-334-97-79 |
| Samarqand | Do‘stqulov Jamshid | 93-351-42-43 |
| Sirdaryo | Saydaliev Qahramon | 94-912-49-92 |
| Surxondaryo | Eshkariev Husniddin | 93-790-01-68 |
| Toshkent viloyati | Sobitov Diyor | 97-714-79-11 |
| Farg‘ona | Niyozova Nigoraxon | 90-409-42-84 |
| Xorazm | Ro‘zmetov Sardor | 97-513-31-30 |