IQNET Assotsiatsiyasi boshqaruvchi direktori Pedro Alves “UzTest”ga tashrif buyurdi

“Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasiga IQNET Assotsiatsiyasi boshqaruvchi direktori Janob Pedro Alves tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida “UzTest”ning IQNET tarmogʻiga a’zo bo‘lish masalalari muhokama qilindi. Janob Pedro Alves xalqaro tarmoq faoliyati, a’zolik tartibi va bu jarayonning afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, “UzTest”ning IQNETdagi pozitsiyasi hamda qo‘yilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bildirdi.

Tashrif chog‘ida “UzTest” mutaxassislari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, xalqaro tajribaga oid muhim javoblar oldilar.

Mazkur uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro standartlar bo‘yicha tajriba almashish va “UzTest”ning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Murojaatlar uchun

Savol, taklif  va qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun