Buyuk Britaniyaning to‘qimachilik sinovlari bo‘yicha ilg‘or tajribasini o‘rganish va muvofiqlikni baholash sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida “Intertek” kompaniyasining vakili, global yumshoq mahsulotlar (Softlines) bo‘yicha texnik direktor janob Deyv Smit 28–31-oktyabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Deyv Smit “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi faoliyati, xususan, Toshkent shahrida joylashgan to‘qimachilik sinov laboratoriyasi hamda Namangan viloyatining “Yuksalish” sanoat zonasida joylashgan laboratoriya bilan yaqindan tanishdi.
Deyv Smit yangi turdagi sinovlarni joriy etish jarayoni, xalqaro standartlarga muvofiq zamonaviy laboratoriya uskunalarini o‘rnatish va ularning ishlash jarayonini diqqat bilan kuzatdi. “Intertek” vakili laboratoriyalarda yaratilgan shart-sharoitlar, xodimlarning malakasi va sifat menejmenti sohasida olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.
![]() |
![]() |
![]() |
Mazkur tashrif “Uztest” va “Intertek” kabi sifatni ta’minlash hamda muvofiqlikni baholash sohasidagi yetakchi xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.


