Uztest “Korrupsiyaga qarshi birga kurashaylik!” shiori ostida ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.
“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi (Uztest) korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurashni aks ettiruvchi “Korrupsiyaga qarshi birga kurashaylik” shiori ostida ijodiy ishlar tanlovini e’lon qilmoqda.
Ishlar korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurash mavzusida original va kreativ usulda chizilgan yoki biron bir buyumga tushirilgan rasmlar ko‘rinishida bo‘lishi lozim. Ishtirokchilar o‘z ishlarini Markazga yuborish orqali qatnashishlari mumkin.
Qog‘ozga qo‘lda chizilgan rasmlar eng kamida A3 (29.7×42 sm) va undan yuqori xajmdagi formatda (qalam, flomaster, rangli qalamlar, bo‘yoqlar, eskizmarkerlari yordamida chizish), biron bir buyumga tushirilgan rasmlar esa xajmidan qat’iy nazar asosiysi korrupsiyaning illat ekanligi, rivojlanish va taraqqiyotga g‘ov ekanligi ko‘rsatilishi lozim.
Eng muhimi tanlovda barcha yosh toifasidagi fuqarolar kasbu-kori, yoshi, millati va jinsidan qatiy nazar ishtirok etishlari mumkin. Har bir ishtirokchi faqatgina bitta ijod namunasini yuborish imkoniyatiga ega hisoblanadi.
Qabul muddati: 10-sentyabrdan 20-noyabrgacha.
Ijod namunasi rasmga olinib, F.I.Sh va telefon raqami bilan +998200222136 telegram akkauntiga yuborish kerak bo‘ladi.
Asl nusxasi Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bog‘ibo‘ston ko‘chasi, 210-uy, indeks 100121 manziliga jo‘natiladi.
Mukofotlar:
1-o‘rin – Noutbuk
2-o‘rin – Planshet
3-o‘rin – Qimmatbaho qo‘l soati
G‘oliblar 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni arafasida e’lon qilinadi va taqdirlanadi.
Standartlashtirish sohasida «body camera» bilan ishlash tizimi joriy etildi
«O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi» davlat muassasasida korrupsiya bilan bog‘liq holatlarni oldini olish va faoliyat shaffofligini ta’minlash maqsadida «body camera»lar bilan ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Ma’lumki, mamlakatimizda «yagona darcha» bojxona axborot tizimi hisoblangan «singlewindow.uz» sayti ishga tushirilgan bo‘lib, muvofiqlikni baholash sohasida inson omilini qisqartirish uchun ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar «UzTest» davlat muassasasi orqali mahsulotlarini sertifikatlashtirishda faqatgina ushbu sayt orqali ariza yo‘llashi, hujjat topshirishi va sertifikatini qabul qilib olishi mumkin.
Muhim jihati shundaki iboratki, Markazning sertifikatlashtirish organlari xodimlari ariza yo‘llagan murojaatchi mahsulotlarini sinov laboratoriyalariga taqdim etish uchun joylarga chiqqan holda mahsulot partiyasidan belgilangan me’yor va talablarga asosan namuna tanlab oladi hamda zamonaviy sinov laboratoriyalar majmuasiga topshiradi. Ushbu jarayonning ochiq va oshkoraligini ta’minlashga qaratilgan yangi kuzatuv vositalari bilan korrupsiyaning oldini olish, mamlakatimiz bozorlariga sifatsiz mahalliy va import mahsulotlar kirib kelishining keskin darajada qisqartirilishiga erishiladi.
Ma’lumot o‘rnida, aholi va tadbirkorlar talabidan kelib chiqqan holda mahsulotlarni sertifikatlashtirish, sinovdan o‘tkazish va boshqa sohada ko‘rsatiladigan xizmatlar narxlari ochiq tarzda «O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi» davlat muassasasining rasmiy «uztest.uz» saytida joylashtirilgan bo‘lib, ushbu ma’lumotlarni batafsil ko‘zdan kechirish va to‘liq shaklini yuklab olish imkoniyati yaratilgan.
«Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi» davlat muassasasi: Biz korrupsiyaga qarshimiz!
Bu borada “CERT international” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan «Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi» davlat muassasasida xalqaro standart ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish (pora olish va berish bilan kurashish” menejmenti tizimi”ni ishlab chiqish, joriy etish va sertifikatlashtirishdan oʻtkazish boʻyicha dastlabki va ikkinchi bosqich audit jarayonlari oʻtkazilib, xalqaro sertifikat taqdim etildi. Unga koʻra, «UzTest» davlat muassasasi va uning hududiy filiallari korrupsiya illatidan holi hamda ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatda ekanligi maʼlum qilindi.
![]() |
![]() |

