Toshkent shahrida elektr jihozlarining energetik markalash tizimiga bag‘ishlangan Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasidagi mintaqaviy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi — Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida energetik markalash, huquqni qo‘llash mexanizmlari hamda bozor nazorati sohasida ilg‘or tajriba almashishga ko‘maklashishdan iboratdir.
![]() |
![]() |
![]() |
Anjumanda “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” (UzTest) mutaxassislari ham ishtirok etib, energetik samaradorlikni baholash, sinov natijalarini tasdiqlash hamda xalqaro standartlarga muvofiqlik bo‘yicha tajriba almashdi.
Shuningdek, konferensiya dasturining yakuniy qismida ishtirokchilar uchun energiya samaradorligini sinovdan o‘tkazish laboratoriyasiga texnik tashrif tashkil etilib, unda laboratoriya jihozlari, sinov uskunalari va baholash jarayonlari bilan tanishildi.


