“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi (UzTest) tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) bosqichiga 2026-o’quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda.
Tayanch doktoranturaga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy markazlar va ishlab chiqarish korxonalarida faoliyat yuritayotgan, ilmiy darajaga ega bo‘lmoqchi bo’lgan barcha talabgorlarni kutib qolamiz.
Ixtisoslik yo‘nalishi:
05.03.01 – Asboblar. O‘lchash va nazorat qilish usullari (tarmoqlar bo‘yicha)
Hujjat topshirish muddati: 2025-yil 5-noyabrgacha
Barcha hujjatlar daraja.ilmiy.uz portali orqali qabul qilinadi. SHOSHILING !!!
