(Tijorat taklifi uchun so‘rov)
“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi Toshkent viloyati, Pskent tumani, Lolaarik MFY, Baliqchi ko‘chasi 174-uy manzilidagi obyekti uchun kamida 100 kVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini yetkazib berish va o‘rnatish yuzasidan qiziqish bildirgan korxona va tashkilotlarni ilova qilingan texnik topshiriqa muvofiq narxlarni aniqlash bo‘yicha tijorat taklif taqdim etishni taklif etadi.
Quyosh fotoelektr stansiyasini yetkazib berish va o‘rnatish bo‘yicha Tijorat taklifi uchun so‘rov
Ishlarning maqsadi:
Quyosh fotoelektr stansiyasini yetkazib berish va o‘rnatish bo‘yicha xizmatlarning taxminiy qiymati va bajarish muddatlarini belgilash.
Tijorat takliflari quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
- Ishlarni bajarish qiymati;
- Bajarish muddati;
- Tashkilotning yuridik va bank rekvizitlari;
- Litsenziyalar va boshqa ruxsatnomalar nusxalari (mahsus ruxsat talab etilsa).
Takliflarni topshirish muddati:
2025-yil 25-oktyabr soat 16:00 qadar, (Toshkent vaqti bilan). Takliflarni topshirish shakli: Elektron shaklda: info@uztest.uz elektron manziliga yoki qog‘oz shaklida: O‘zbekiston Respublikasi, 100121 Toshkent shahri, Bog‘ibuston ko‘chasi, 210 uy. pochta manzilga. Telefon: +99878 150-6353; +99871 202-00-11 (ichki: 1122, 1130), Ma’lumot olish uchun mas’ul: Umarov Ilxom (+99899 330-03-00), Mamatkulov Ibragim (+99893 500-0263).