DIQQAT, E’LON!

“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” (UzTest) davlat muassasasida 05.03.01 – Asboblar. O’lchash va nazorat qilish usullari (tarmoqlar bo’yicha) ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga 2025-yil 5-oktyabrdan boshlab bir oy muddatga qabul boshlandi.

Doktorantura (DSc)ga o‘qishga topshirishda talabgorlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi (Elektron tizim orqali diplom ma’lumotlari integratsiya qilingan taqdirda majburiy emas);
  • kamida 3 ta maqola va 2 ta tezisning nusxalari havolasi bilan ((PhD) ilmiy darajasini olgandan so‘ng nashr etilgan;
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  • oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikat (B1 daraja)
  • tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;

Tayanch doktorantura(PhD)ga kirish uchun talabgorlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • oliy ta’lim muassasasi magistratura diplomi (elektron tizim orqali diplom ma’lumotlari integratsiya qilingan taqdirda, taqdim etish majburiy emas);
  • kamida bitta ilmiy maqola va ikkita tezisning nusxalari (havolalari bilan);
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  • oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikat (B1 daraja)

Barcha hujjatlar Yagona elektron tizim (daraja.ilmiy.uz) elektron tarzda qabul qilinadi.

Murojaatlar uchun

Savol, taklif  va qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun