
Hurmatli yurtdoshlar, tashkilotlar vakillari va tadbirkorlar!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilg‘or xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-25-son Farmoniga asosan, tashkiliy tuzilmada muhim o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Unga ko‘ra, «O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi» davlat muassasasi O‘zbekiston standartlar institutiga qo‘shib olinish orqali qayta tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 15-avgustidan boshlab xizmat ko‘rsatish tartibiga quyidagi o‘zgarishlar kiritiladi:
Sertifikatlashtirish faoliyati to‘xtatiladi:
Markaz tomonidan mahsulotlarni sertifikatlashtirish xizmatlarini ko‘rsatish to‘liq to‘xtatiladi.
➖ Sinov xizmatlari davom ettiriladi:
Markazning laboratoriya-sinov xizmatlari hamda boshqa faoliyat yo‘nalishlari O‘zbekiston standartlar instituti tarkibida to‘liq hajmda o‘z ishini davom ettiradi.
📌 Kelgusi ish faoliyatingizda ushbu o‘zgarishlarni inobatga olishingizni so‘raymiz.