Muvofiqlik sertifikati olish uchun qayerdan ariza beriladi?
Bojxona qo’mitasining singlewindow.uz saytidan elektron imzo(ESP) orqali ariza beriladi.
Mashinalarni Pskent poligonidan sinovdan o’tkazish uchun navbat qanday olinadi?
Elektron navbat mygov.uz yagona elektron portal orqali olinadi.
Muvofiqlik sertifikati uchun berilgan arizamni holatini qanday balsam bo’ladi?
Berilgan ariza holati ijrochi kontaktlarini singlewindow.uz saytidan bilish mumkin.
Mahsulotlarni sertifikatlashda qanday hujjatlar talab qilinadi?
Mamlakatimizda mahsulotlarni sertifikatlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-avgustdagi 502-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom (2 va 3-ilova) hamda Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom (2-ilova) asosida amalga oshiriladi.
Mahsulot kodtnv muvofiqlik sertifikatiga tushadimi yo’qmi qaysi sertifikatlashtirish organiga ariza berish kerak?
Akkreditatsiyadan o‘tgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlari to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarni “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DMning rasmiy veb sayti (https://akkred.uz/reestr) orqali olishi mumkinligi ta’kidlandi.
Pskent avtopoligonida avtotransport sinov natijalari necha kun muddatda beriladi?
1 ish kundan 3 ish kunigacha.
Avtotransport yuzasidan sinov natijalarini qayerdan olsam bo’ladi?
Avtotransport vositasini sertifikatlashtirish uchun ariza taqdim etilgan organdan olishingiz mumkin.
CE sertifikati nima?
Bu mahsulotning Yevropa Ittifoqi bozoriga mosligini tasdiqlovchi belgi bo‘lib, u mahsulotning xavfsizlik, sog‘liq va atrof-muhit talablariga javob berishini anglatadi.Uni olish uchun byuro bo’limiga murojat qilishingiz mumkin.
Sinov narhlari qancha?
Saytimizning hisoblash bo’limidan bilishingiz mumkin.
Qaysi mahsulotlarni sinovdan o’tkizsa bo’ladi?
“O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DMning rasmiy veb sayti (https://akkred.uz/reestr) orqali sinov labarotoriyalarimz orqali ma’lumot olishingiz mumkin.
Mahsulot sinov muddatlari qancha?
Mahsulot turiga qarab me’yoriy hujjatga talablari asosida belgilanadi.