“Uztest” jamoasi “Rahbar kubogi – 2025” mini-futbol musobaqasida munosib ishtirok etdi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi markaziy apparati va tizim tashkilotlari xodimlaridan iborat jamoalar o‘rtasida “Rahbar kubogi – 2025” mini-futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi jamoalari ham ishtirok etdi.
Qizg‘in bahs va munozaralar ostida o‘tgan guruh bosqichida 8 ta jamoadan 4 tasi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Jumladan, “Uztest (1-jamoasi)” yarim finalda penaltilar seriyasida irodali g‘alabaga erishdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Yakunda final bosqichida murosasiz kechgan bahsda O‘zbekiston milliy metrologiya intituti jamoasining qo‘li baland keldi. Yakuniy natijalar quyidagicha:
1-o‘rin – O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (1-jamoasi)
2-o‘rin – O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi (1-jamoasi)
3-o‘rin – O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (2-jamoasi)
G‘oliblarga Agentlik direktori Akmal Jumanazarov tomonidan samimiy tilaklar bildirilib, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

“Rahbar kubogi – 2025” sport musobaqasi: O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi jamoasi faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi markaziy apparati va tizim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Rahbar kubogi – 2025” sport musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlarning jismoniy faolligini oshirish, jamoaviy muhitni mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtni samarali tashkil etish maqsadida o‘tkazildi.
Turnirda Agentlik markaziy apparati, Nazorat inspeksiyasi, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti, O‘zbekiston akkreditatsiya markazi, O‘zbekiston standartlar instituti, O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi jamoalari ishtirok etdi.
Musobaqaning guruh bosqichi keskin raqobat ruhida o‘tdi. 8 ta jamoa orasidan 4 tasi yarim final bosqichiga yo‘l oldi. Ular orasida Markazimiz jamoasi ham bo‘lib, yarim finalda o‘zining jismoniy tayyorgarligi, intizomi va jamoaviy uyg‘unligi bilan ajralib turdi.
Final bahslari yuqori saviyada, murosasiz va sportga xos ruhda kechdi. O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi jamoasi yuksak mahorat va qat’iyat bilan maydonga chiqib, faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rin – O‘zbekiston standartlar instituti jamoasi
2-o‘rin – O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi jamoasi
3-o‘rin – O‘zbekiston milliy metrologiya instituti jamoasi
Mazkur sport musobaqasi nafaqat jismoniy sog‘lomlikni qo‘llab-quvvatlash, balki xodimlar o‘rtasida o‘zaro do‘stona va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, jamoaviy birdamlikni kuchaytirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi
Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan yosh mutaxassislar “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “O’zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi tomonidan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” bosh g‘oyasi asosida bir guruh yosh mutaxassislar “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurdi.
Mutaxassislar Mustaqillik bayramining ramzlaridan biri hisoblangan “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumentini tomosha qildilar va ajdodlarimiz xotirasini yod etdilar. Tashrif davomida mustaqillik yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimizning mangu xotirasini e’zozlash, yoshlar qalbida vatanparvarlik, milliy g‘urur va mustaqillik qadriyatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan ma’rifiy suhbatlar ham tashkil etildi.
Bunday tadbirlar ishtirokchilarida Vatan ravnaqi, xalq farovonligi va yurt taraqqiyoti yo‘lida sidqidildan xizmat qilish mas’uliyati va g‘ururini yanada kuchaytiradi.

30-iyun – Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!
Bugun, 30-iyun, yoshlar – Vatanimiz taraqqiyoti va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olayotgan, yangi g‘oya va tashabbuslari, zamonaviy bilim va zamonga mos qarashlari bilan yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shayotgan kuch-g‘ayrat va irodaning timsolidir.
Davlatimiz rahbarining yoshlarga qaratayotgan yuksak e’tibori natijasida sizlar uchun keng imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Ta’lim, fan, texnologiya, madaniyat, sport va boshqa barcha sohalarda O‘zbekiston yoshlarining yutuqlari barchamiz uchun faxr va g‘urur manbaiga aylanmoqda.
“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi matbuot xizmati siz yoshlarga yangi g‘oyalar, ulkan zafarlar va porloq kelajak yo‘lingizda omad hamroh bo‘lishini tilab qoladi. Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Yosh mutaxassis KT&G scholarship foundaton granti sohibi bo‘ldi
“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi mutaxassisi KT&G grant jamg‘armasining madaniy yetakchilik dasturida ishtirok etdi. Dastur Janubiy Koreyaning Seul shahrida 16-21-dekabr kunlari o‘tkazildi va muvaffqiyatli ishtirok etgan yoshlar sertifikat hamda bir martalik stipendiya bilan taqdirlandi.
Asia exchange assosiation (Osiyo almashinuv assotsiatsiyasi) yordamida tashkil etilgan ushbu dastur Osiyoning Mongoliya, Tayvan, Indonezia, Tojikiston va O‘zbekiston kabi mamlakatlardan kelgan yoshlarni qamrab oldi. Dasturda madaniy mavzularni aks ettiruvchi maʼruzalar olib borildi, munozaralar va turli tadbirlar orqali an’analarning istiqbolini kengaytirish va global madaniyatni tushunishga alohida e’tibor qaratildi.
Boshlang‘ich tashkilot «Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi» davlat muassasasi yoshlarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarga daxldorlik hissini shakllantirishga kо‘maklashish, О‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishida zamonaviy texnologiyalar kuchidan keng foydalanish jarayonlariga iqtidorli yoshlarni jalb qilish hamda ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini rо‘yobga chiqarishga kо‘maklashish, mustaqil fikrlaydigan, о‘zining hayotiy pozitsiyasi va qat’iy e’tiqodiga ega yoshlarni bir maqsad yо‘lida birlashtirishdan iborat.
Bundan tashqari, ularda tarixiy xotira, milliy g‘urur va о‘zlikni anglash, rо‘y berayotgan voqealarga dahldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish, sohada ularni qо‘llab-quvvatlash, iste’dodli yoshlarni ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish singari vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlari oʻrtasida tashkil etilgan «Yilning eng faol yosh xodimi» koʻrik-tanlovining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.
Ushbu bosqichga yetib kelgan yosh xodimlar sogʻlom raqobat asosida bellashuv olib bordi.
Turli shartlar boʻyicha hakamlar hayʼati tomonidan baholab borilgan ishtirokchilar mukammal loyihalarini taqdim etib, tomoshabinlar eʼtirofiga sazovor boʻldi. Tanlovda nizom talablari asosida oʻzini yuksak salohiyati va mahoratini namoyon etgan «UzTest» markazi vakili Mavlon Mansurov respublika bosqichining munosib ishtirokchisi sifatida qayd etildi.
«Yilning eng faol yosh xodimi» aniqlandi
«O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi» davlat muassasasi yoshlari o‘rtasida «Yilning eng faol yosh xodimi» ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
«Mening g‘oyam» dasturi asosida bo‘lib o‘tgan tanlovning yakuniy bosqichiga 3 nafar yosh xodim yetib kelgan bo‘lib, ular o‘z yuqori salohiyati bilan sohadagi dolzarb muamollarga bag‘ishlangan loyihalarini namoyish etdilar.
Loyiha mualliflari hakamlar hay’ati tomonidan jarayon davomida baholab borildi va yakunda munosib deb topilgan g‘oliblarga diplomlar topshirildi.
Xodimlar oʻrtasida bahorgi sport musobaqalariga start berildi
![]() |
![]() |
Sportning hayotimizda tutgan o‘rni beqiyos. U insonning ruhan va jismonan yetuk bo‘lishida katta ahamiyat kasb etadi. Bir soʻz bilan aytganda sport bilan muntazam shug‘ullanish uzoq umr ko‘rishning eng oddiy yo‘lidir.
«Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi» davlat muassasasi va uning hududiy filiallarida bahor ayyomi, Navroʻz umumxalq bayrami arafasida sport musobaqalariga start berildi. Sportning stol tennisi, shaxmat va shashka turli boʻyicha musobaqalarning dastlabki bosqichi Markazning Buxoro filiali xodimlari oʻrtasida qizgʻin tus oldi. Jismoniy tarbiyaga qaratilgan ushbu tadbirlar hududlar boʻylab davom etmoqda.
Navroʻz umumxalq bayrami arafasida «Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi» davlat muassasasi va uning hududiy filiallari xodimlari oʻrtasida tashkil etilgan bahorgi sport musobaqalarining dastlabki bellashuvlari yakunlanib, gʻoliblar final bosqichiga yoʻl oldi.




