“O‘zTest” DMning Toshkent va hududiy filiallarida quyidagi sohalarida sinovlar tashkil etilgan.
Faoliyat sohasi
- Metall mahsulotlari sinov laboratoriyasi
- Elektrotexnika mahsulotlari sinov laboratoriyasi
- Mashinasozlik sinov laboratoriyasi
- Yengilsanoat mahsulotlari sinov laboratoriyasi
- Polimer va kimyoviy mahsulotlarni sinash laboratoriyasi
- Elektromagnit moslashuvchanlik sinov laboratoriyasi
- To‘qimachilik sanoati mahsulotlarini sinov laboratoriyasi
- Konditsioner va muzlatgich mahsulotlari energiya samaradorligi sinov laboratoriyasi
- Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish laboratoriyasi
- Oziq-ovqat mahsulotlarida mikrobiologiya ko‘rsatgichlari sinov laboratoriyasi
- Mebel mahsulotlari sinov laboratoriyasi
- Issiqlik radiatorlari sinov laboratoriyasi
- Tish cho‘tka mahsulotlari sinov laboratoriyasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PQ–3790-son qaroriga muvofiq, Jahon bankining 8,0 mln yevro imtiyozli krediti mablag‘lari evaziga “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda – “O‘zTest” DM)ning 8 ta hududiy sinov laboratoriyalari uchun o‘ziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sinash bo‘yicha 337 ta (Toshkent–95 ta, Namangan–50 ta, Samarqand–29 ta, Qashqadaryo–33 ta, Xorazm–29 ta, Buxoro–67 ta, Navoiy–15 ta, Andijon–19 ta) zamonaviy sinov uskunalari xaridi amalga oshirildi va o‘rnatildi.
Ushbu loyiha doirasida 20 ta avtotransport vositalari keltirilib, sinov uchun olingan namunalarni laboratoriyalarga yetkazish bo‘yicha logistika xizmatlari yo‘lga qo‘yildi.
Laboratoriyalar tomonidan 230 dan ortiq xalqaro standartlari (ISO, EN, IEC,…) asosida sinov usullari o‘zlashtirilib, oziq–ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi eksportyor korxona mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish imkoniyati yaratdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-avgustdagi PQ–4419-son qaroriga muvofiq, Chexiyaning “UNI Sredit Bank” bilan ajratiladigan 3,88 mln. yevro miqdoridagi kredit mablag‘i o‘zlashtirildi va Toshkent viloyatining Piskent tumanida Texnik vositalarni elektromagnit moslashuvchanlikka baholash bo‘yicha texnik reglament
va xalqaro talablarga muvofiq laboratoriya tashkil etildi.
“O‘zTest” DM qoshida Toshkent viloyati Piskent tumanida joylashgan Elektromagnit moslashuvchanligi laboratoriyasida hozirgi kunda maishiy elektrotexnika vositalari va avtotransport vositalari elektromoslashuvchanlik sinovlari o‘tkazib kelinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-19-dekabr kunlari Janubiy Koreya Respublikasiga tashrivlari chogʼida imzolangan kelishuvlar asosida Janubiy Koreya tomonidan “O‘zTest” DM qoshida Sinov laboratoriyalari majmuasining Toshkent viloyati Pskent tumanida joylashgan Elektromagnit moslashuvchanligi laboratoriyasi xududida, konditsioner maxsulotlarining energiya samaradorligini sinash laboratoriyasi tashkil etish boʼyicha grand mablag‘lari ajaratilgan va ushbu laboratoriya 2024-yilning 4-aprel sanasidan boshlab to‘liq quvvatda ishga tushurildi
Texnik vositalarni elektromagnit moslashuvchanlikka baholash laboratoriyasi 2023 yil 9 iyunda O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 standarti asosida qayta akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
Natijada, 1 ta umumiy texnik reglament va 58 dan ortiq xalkaro standartlar uslublari asosida respublikamizda ishlab chiqarilayotgan hamda import tarzida kirib kelayotgan texnik vositalarning elektromagnit moslashuvchanlik bo‘yicha xavfsizlik ko‘rsatkichlari sinovi o‘tkazib kelinmoqda.
Mahsulot xafvsizligi laboratoriyasi
Mahsulot xafvsizligi laboratoriyasi O‘zbekiston Respublikasida qabul qilinayotgan Texnik reglamentlar bo‘yicha yengilsanoat, polimer, bolalar o‘yinchoqlari, oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turuvchi qadoqlar xavfsizligini sinash maqsadida tashkil etilgan.
“O‘zTest” laboratoriyalari qabul qilinayotgan texnik reglamentlar sinovlarini qamrab olish, mahsulotga qo‘yilgan xalqaro talablar asosida sinovlarni tashkil etish bo‘yicha mutaxassislar doimiy izlanishda va shu asosida rivojlantirilib yangi sinov usullari amalyotga tadbiq etilmoqda.