“sertifikatlashtirish milliy tizimi” — davlat miqyosida amal qiladigan, sertifikatlashtirish o‘tkazishda o‘z tartib va boshqaruv qoidalariga ega bo‘lgan tizim;
“mahsulotlarni sertifikatlashtirish” (matnda bundan keyin “sertifikatlashtirish” deb yuritiladi) — mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat;
“muvofiqlik sertifikati” — sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat;
“muvofiqlik belgisi” — muayyan mahsulot yoxud xizmat aniq standartga yoki boshqa normativ hujjatga mos ekanligini ko‘rsatish uchun mahsulotga yoxud ko‘rsatilgan xizmatga doir hujjatga qo‘yiladigan, belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan belgi;
“mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) sertifikatlashtirish tizimi” — ayni bir xil standartlar va qoidalar qo‘llaniladigan muayyan mahsulotlar, ishlar yoki xizmatlarga taalluqli sertifikatlashtirish tizimi;
(1-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
“sifat bo‘yicha ekspert-auditor” — qonunchilikda belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilgan, muvofiqlikni baholash sohasidagi ishlarni olib borish uchun tegishli malakaga ega bo‘lgan mutaxassis;
“sertifikatlashtirish bo‘yicha inspeksiya organi” — qonunchilikda belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan sertifikatlashtirish organlarining topshirig‘iga ko‘ra inspeksiya nazoratini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
(1-moddaning yettinchi va sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
“sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan inspeksiya nazorati” — sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning sertifikatlashtirilayotganda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladigan sertifikatlashtirilgan mahsulotlarni davriy takroriy baholash tartib-taomili.
Sertifikatlashtirish:
odamlarning hayoti, sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda atrof muhit uchun xavfli bo‘lgan mahsulotlar realizatsiya qilinishini nazorat etib borish;
mahsulotlarning jahon bozorida raqobat qila olishini ta’minlash;
mamlakat korxonalari, qo‘shma korxonalar va tadbirkorlar xalqaro miqyosdagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdo-sotiqda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish;
iste’molchini tayyorlovchining (sotuvchining, ijrochining) vijdonsizligidan himoya qilish;
mahsulot tayyorlovchisi (sotuvchisi, ijrochisi) ta’kidlagan sifat ko‘rsatkichlarini tasdiqlash maqsadlarida amalga oshiriladi.
Sertifikatlashtirish majburiy va ixtiyoriy tusda bo‘ladi.
Sertifikatlashtirish nima va uning asosiy vazifalari
Sertifikatlashtirish – bu mahsulot, xizmat yoki ishlab chiqarish jarayonining belgilangan talablar va standartlarga muvofiqligini rasmiy tarzda tasdiqlash jarayonidir. U davlat tomonidan nazorat qilinadigan va yuridik kuchga ega bo‘lgan tartib bo‘lib, iste’molchilarni sifatsiz va xavfli mahsulotlardan himoya qilish, ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilarning javobgarligini oshirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish faoliyati “Sertifikatlashtirish milliy tizimi” doirasida amalga oshiriladi. Ushbu tizim o‘zining mustahkam tartib-qoidalariga ega bo‘lib, mahsulotlar va xizmatlarning xavfsizligi, sifati hamda xalqaro standartlarga mosligini ta’minlashni maqsad qiladi.
Sertifikatlashtirishning asosiy tushunchalari
Sertifikatlashtirish – mahsulotlarning yoki xizmatlarning belgilangan me’yoriy hujjatlarga (standartlarga) muvofiqligini tekshirish va tasdiqlashga qaratilgan faoliyat.
Muvofiqlik sertifikati – mahsulotning talab etilgan texnik, sanitariya, ekologik va boshqa standartlarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat.