Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati

"UzTest" DMning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati:

yuklab olish

Korrupsiyaga qarshi kurash yuzasidan “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi direktorining murojaati

Aziz yurtdoshlar, hurmatli tadbirkor va ishbilarmonlar “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda ekanligini ma’lum qiladi.

Davlatimiz siyosatining dolzarb muammolaridan biri boʻlgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish hamda oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Shu bilan bir qatorda, muvofiqlikni baholash sohasida inson omilini qisqartirish maqsadida “singlewindow.uz” sayti ishga tushirilgan boʻlib, ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar “UzTest” davlat muassasasi orqali mahsulotlarini sertifikatlashtirishda faqatgina ushbu sayt orqali ariza yoʻllaydi, hujjat topshiradi va sertifikatini qabul qilib oladi. Bu esa jarayonda vaqt tejalishiga hamda shaffoflikning taʼminlanishiga olib keladi. Bundan tashqari, aholi va tadbirkorlar talabidan kelib chiqqan holda, mahsulotlarni sertifikatlashtirish, sinovdan oʻtkazish va sohada koʻrsatiladigan xizmat narxlari ochiq tarzda “UzTest” davlat muassasasining rasmiy “uztest.uz” saytida joylashtirilgan boʻlib, ushbu maʼlumotlarni batafsil koʻzdan kechirish va toʻliq shaklini yuklab olish imkoniyati yaratilgan.

Quvonarli jihati shundaki, joriy yilda “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasida xalqaro standart ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish (pora olish va berish bilan kurashish) menejmenti tizimi”ni ishlab chiqish, joriy etish va sertifikatlashtirishdan oʻtkazish boʻyicha audit jarayonlari olib borilib, xalqaro sertifikat taqdim etildi. Unga koʻra, Markaz va uning hududiy filiallari korrupsiya illatidan holi hamda ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatda ekanligi bildirildi.

Xulosa qilib aytganda, “UzTest” davlat muassasasi oʻz faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurash siyosati bilan chambarchas va uzviy ravishda tashkil etadi.

Shu oʻrinda, ushbu murojaat orqali bizning faoliyatimiz bilan bogʻliq korrupsiya yoki boshqa qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz darhol +99871 202-00-11 telefon raqamiga ichki 11-38 raqami bilan toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilishingizni soʻrab qolamiz. Shuningdek, quyidagi rasmiy sayt, elektron pochta va ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali ham istalgan vaqtda bevosita murojaat qilishingiz mumkin:

Rasmiy sayt: http://uztest.uz/;

Telegram: http://t.me/UzTEST_murojaatbot;

Facebook: https://www.facebook.com/uztestduk;

Instagram: https://www.instagram.com/uztestduk;

Elektron manzil: info@uztest.uz

 

“Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi direktori J.I.Ganiyev

 

****************************************************************************************************************************************************************************************************************************************************************************************************************************************************************************************

"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi: Biz korrupsiyaga qarshimiz!

Сегодня наша страна базируется на таких высоких идеалах, как возвышение справедливости и законодательства, внедрение современного эффективного государственного управления, решающая борьба со всеми формами коррупции среди государственных служб. В основе развития любого государства, будь то экономического или политического, состояния дел в сфере борьбы с преступностью, предупреждения преступности и, конечно же, масштабныx реформы в сфере борьбы с коррупцией, государственная форма велика.

В связи с этим, в соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан от 16 июня 2021 года «О дополнительных мерах по обеспечению прозрачности деятельности государственных органов и организаций, а также эффективного общественного контроля» Центром эффективной работы ведется делается для устранения их последствий, а также возможных причин и условий.

Одним словом, государственное учреждение «УзТест» организует свою деятельность в тесной и неотъемлемой части антикоррупционной политики.

***********************************************************************************************************************************************************************************************************************************************************************************************************************************************************************************

Стандартлаштириш соҳасида «body camera» билан ишлаш тизими жорий этилди

«Ўзбекистон илмий-синов ва сифат назорати маркази» давлат муассасасида коррупция билан боғлиқ ҳолатларни олдини олиш ва фаолият шаффофлигини таъминлаш мақсадида «body camera»лар билан ишлаш тизими йўлга қўйилди.

Маълумки, мамлакатимизда «ягона дарча» божхона ахборот тизими ҳисобланган «singlewindow.uz» сайти ишга туширилган бўлиб, мувофиқликни баҳолаш соҳасида инсон омилини қисқартириш учун ишлаб чиқарувчи ва тадбиркорлар «UzTest» давлат муассасаси орқали маҳсулотларини сертификатлаштиришда фақатгина ушбу сайт орқали ариза йўллаши, ҳужжат топшириши ва сертификатини қабул қилиб олиши мумкин.

Муҳим жиҳати шундаки иборатки, Марказнинг сертификатлаштириш органлари ходимлари ариза йўллаган мурожаатчи маҳсулотларини синов лабораторияларига тақдим этиш учун жойларга чиққан ҳолда маҳсулот партиясидан белгиланган меъёр ва талабларга асосан намуна танлаб олади ҳамда замонавий синов лабораториялар мажмуасига топширади. Ушбу жараённинг очиқ ва ошкоралигини таъминлашга қаратилган янги кузатув воситалари билан коррупциянинг олдини олиш, мамлакатимиз бозорларига сифатсиз маҳаллий ва импорт маҳсулотлар кириб келишининг кескин даражада қисқартирилишига эришилади.

Маълумот ўрнида, аҳоли ва тадбиркорлар талабидан келиб чиққан ҳолда маҳсулотларни сертификатлаштириш, синовдан ўтказиш ва бошқа соҳада кўрсатиладиган хизматлар нархлари очиқ тарзда «Ўзбекистон илмий-синов ва сифат назорати маркази» давлат муассасасининг расмий «uztest.uz» сайтида жойлаштирилган бўлиб, ушбу маълумотларни батафсил кўздан кечириш ва тўлиқ шаклини юклаб олиш имконияти яратилган.