Texnik jihatdan tartiga solish agentligi va uning tizim tashkilotlari, shu jumladan, “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” (UzTest) davlat muassasasi qoshidagi laboratoriyalarni Yangi Toshkent laboratoriyalar kampusiga ko‘chirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida navbatdagi muhokama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan dastlabki loyiha hujjatlariga ko‘ra, “UzTest” laboratoriyalari uchun 3 ta alohida bino ko‘zda tutilgan: Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sinash laboratoriyasi (4 ta laboratoriya), Qurilish va metall laboratoriyasi – hamda Sinov laboratoriyalari majmuasi (5 ta laboratoriya). Undan tashqari “UzTest” DM tomonidan ma’muriy bino uchun maydon talab etilishi bildirildi.
Uchrashuv yakunida turk mutaxassislari tomonidan tayyorlangan dastlabki loyiha hujjatlari, ayrim o‘lchamlarga (qurilish va oziq-ovqat laboratoriyalari) kiritilgan o‘zgartirishlardan so‘ng, rasman imzolandi.