Yoritish chiroqlari uchun muvofiqlik sertifikati taqdim etildi

"O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Chirchiq filiali xodimlari led yoritgich va lampa mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "NUR EL BIZNES" masʼuliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, mazkur korxonada o‘rganish olib bordi.
Bugungi kunda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarini sertifikatlashtirishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Shu jumladan, korxona vakillariga ISO 50001 standartini joriq qilish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Ushbu jarayonlarni amalga oshirishda esa filial xodimlari amaliy va konsultativ xizmatlarlarni ko‘rsatishga tayyor ekanligi eslatib o‘tildi.