18.06.2024-01.09.2024 Muddatgacha
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish to‘g‘risida”gi 2019 yil 15 avgustdagi PQ-4419-sonli qaroriga muvofiq tashkil topgan “O’zbekiston ilmiy-sinov va sifat markazi” davlat muassasi
“UzTest” DM tarkibiga kiruvchi 16 ta hududiy filiallar, 20 ta sinov laboratoriyalari, 8 ta mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlari, mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurolari, sifat menejment tizimlarini joriy etish va sertifikatlashtirish organlarida jami 575 ta yuqori malakali mutaxassislar xizmatlar ko‘rsatmoqda.
“UzTest” davlat muassasining maqsad va vazifalari:
- Laboratoriyalarni modernizatsiya qilish, sinov bazasini doimiy yangilash;
- Zamonaviy uskunalar yordamida xalqaro standartlar bo‘yicha sinov uslublarini o‘zlashtirish;
- Laboratoriyalarni xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tkazish;
- Natijalarni xalqaro darajada tan olinishini ta’minlash;
- Mahsulotlar sifatini oshirish va raqobatbardoshligini ta’minlash;
- Mahsulotlarni eksport salohiyatini oshirish;
- Ichki bozorni sifatsiz mahsulotlardan himoya qilish.
“UzTest” davlat muassasini bu maqsad va vazifalarga erishish uchun laboratoriyalarni zamonaviy yechimlar bilan xamoxang xolda doimiy rivojlantirishi va xalqaro talablarni o‘rganib borishi kerak. “UzTest” DM ning rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish (texnik topshiriq va TEO ishlab chiqish bilan birga) uchun shu soxada kamida 3 yillik tajribaga ega bo‘lgan maxalliy va xorijiy korxonalarini xamkorlikka taklif etamiz.
Murojaatlar uchun :info@uztest.uz tel: +998 71 202 00 11 (ichki 1130).
-------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
18.06.2024-01.09.2024 Muddatgacha
Piskent poligoni
Sinov maydonchasi avtomobillarni yil davomida sifatli, qattiq sirtlarda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasidagi iqlim sharoitlarda yozning issiq davrida +50 °C darajadan oshib ketadigan yuqori harorat sharoitida sinovdan o‘tkazishga imkonini beradi. Avtopoligon avtobus, yengil va yuk avtotransport vositalarini sinash uchun mo‘ljallangan.
Avtopoligon xarakteristikasi:
- katta yo‘l: beton qoplama, 3 polosali, uzunligi 6,8 km, kengligi 14 m, maksimal tezlik: 220 km/soat;
- kichik yo‘l: beton qoplama, 2 polosali, uzunligi 5,8 km, kengligi 7,5 m, maksimal tezlik: 120 km/soat.
Yo‘lning to‘g‘ri qismi: 2 km.
Avtopoligonda quyidagi xalqaro talablar asosida sinovlar o‘tkazish uchun modernizatsiya qilish, rivojlantirish orqali UzTest DM sinov laboratoriyasini Jeneva kelishuvi asosida akkreditatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan:
- ПРАВИЛА ЕЭК ООН № 89-00 - Оснащение устройствами ограничения максимальной скорости.
- ПРАВИЛА ЕЭК ООН № 13, ПРАВИЛА ЕЭК ООН № 13Н-00 - Тормозные свойства.
- ПРАВИЛА ЕЭК ООН № 79-02 - Рулевое управление.
- ПРАВИЛА ЕЭК ООН № 117-00 - Шум от качений шин.
- ПРАВИЛА ЕЭК ООН № 51-02 - Внешний и внутренний шум.
- ПРАВИЛА ЕЭК ООН № 117-00 - Шум от качений шин.
Xalqaro talablar asosida avtopoligonni modernizatsiya qilish va rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish (texnik topshiriq va TEO ishlab chiqish bilan birga) uchun shu soxada kamida 3 yillik tajribaga ega bo‘lgan maxalliy va chet el korxonalarini xamkorlikka taklif etamiz.
Murojaatlar uchun : info@uztest.uz tel: +998 71 202 00 11 (ichki 1130).
--------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
05.03.2024 - 9.04.2024 Muddatgacha
Ochiq elektron TENDERda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ro'yxatdan o'tishingiz so'raladi: https://etender.uzex.uz
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun: +998 71 202 00 11 (ichki 1102, 1136).
Buyurtmachi: O'zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi davlat muassasasi («UzTest» DM) STIR: 204250504
Eslatma: Ochiq elektron TENDERda talab etiladigan hujjatlarni taqdim etish 2024 yil 9 aprel Toshkent vaqti bilan soat 17:50 gacha qabul qilinadi.
--------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
22.09.2023 - 3.10.2023 Muddatgacha
“O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi ochiq elektron tenderlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Yengil-sanoat mahsulotlarini sinash laboratoriyalari, polimer, elektrotexnika, kimyo va qurilish mahsulotlarini sinash uchun sinov va o'lchash uskunalarini xarid qilish belgilangan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, sizdan zudlik bilan uskunalarni yetkazib berish va o'rnatish uchun hamda xodimlarni o'qitish yuzasidan tijorat taklifini taqdim etishingizni so‘raymiz. Narxlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni info@uztest.uz elektron pochtasiga yoki Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bog‘ibo‘ston-210 manziliga yuborishingizni so‘raymiz.
Yetkazib berish bo'yicha tijorat takliflarida quyidagilarga alohida ahamiyat berishingiz so'raladi:
-tijorat taklifi raqami va sanasi;
-uskuna yoki jihoz nomi (turi va ishlab chiqaruvchi davlat);
-to'lov miqdori va to'lov turi;
-mavjud hujjatlar (yaroqlilik muddati, pasport va sertifikatlari);
-yetkazib berish muddati;
-yetkazib berish manzili (davlat hududi);
-kafolat muddati;
-tijorat takliflarini amal qilish muddati.
Qurilish mahsulotlarini sinash laboratoriyasi uchun tehnik topshiriq:
Yengil-sanoat mahsulotlarini sinash laboratoriyasi uchun tehnik topshiriq:
Kimyo va polimer mahsulotlarini sinash laboratoriyasi uchun tehnik topshiriq:
Elektrotexnika mahsulotlarini sinash laboratoriyasi uchun tehnik topshiriq:
-----------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
06.06.2023 - 14.06.2023 Muddatgacha
Vazirlar Maxkamasisning 2019 yil 14 dekabrdagi “Qurilish uchun mo‘ljallangan metall prokatining sifati va xavfsizligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risida 999-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Bog‘ibo‘ston-210 manzilida qurib bitkazilgan sinov laboratoriyasi binosini mebel va jihozlari bilan ta’minlash maqsadida. Sinov laboratoriyasi binosini mebel va jihozlari bilan ta’minlash bo'yicha narxlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni info@uztest.uz elektron pochtasiga yoki Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bog‘ibo‘ston-210 manziliga yuborishingizni so‘raymiz.
Yetkazib berish bo'yicha tijorat takliflarida quyidagilarga alohida ahamiyat berishingiz so'raladi:
-tijorat taklifi raqami va sanasi;
-mebel yoki jihoz nomi (turi va ishlab chiqaruvchi davlat);
-to'lov miqdori va to'lov turi;
-mavjud hujjatlar (yaroqlilik muddati, pasport va sertifikatlari);
-yetkazib berish muddati;
-yetkazib berish manzili (davlat hududi);
-kafolat muddati;
-tijorat takliflarini amal qilish muddati.
-----------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
01.01.2021 - 05.01.2021 Muddatgacha