Ijtimoiy tarmoqlarda Piskent poligonida avtomobillarning tekshiruvi bilan bog‘liq asossiz xabarlar tarqalmoqda. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, jamoatchilik fikrini chalg‘itishga qaratilgan mazkur lavhani noto‘g‘ri talqin qilgan holda keng jamoatchilikka tarqatgan bloger ishiga albatta tegishli tartibda huquqiy baho berilishini ma’lum qiladi. Ijtimoiy tarmoqlarga sizdirilgan videoda 2024-yilning noyabr oyidagi holat aks etgan bo‘lib, u hozirgi tekshiruvlar bilan mutlaqo bog‘liq emasligini ma’lum qilamiz. “Tekshiruvlar o‘tkazilmayotgani” haqida xabarlar asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Piskent tumanida joylashgan laboratoriyaga navbat olish ishlamay qolgani hamda o'ylab navbat yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi. “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi ushbu xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Mahsulot va xizmatlarni Halol standartlari bo‘yicha sertifikatlashtirish organini OIC/SMIIC-2:2019 “Conformity Assessment – Requirements for Bodies Providing Halal Certification” xalqaro standarti bo‘yicha akkreditatsiyaga tayyorlash uchun xalqaro konsalting kompaniya (xalqaro ekspert) jalb qilinadi.
“Rosstandart” agentligi bilan keng qamrovli hamkorlik doirasida “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasida Tatariston standartlashtirish, metrologiya va sinov markazi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi mutaxassislari sanoat sinovlari sohasidagi kadrlar malakasini oshirish doirasida Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi tomonidan tashkil etilgan maxsus o‘quv dasturida qatnashmoqda. Dastur Yaponiyaning AOTS tashkiloti tomonidan amalga oshirilmoqda.
Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan Guliston Davlat Universiteti bilan samarali hamkorlik ishlari olib borilmoqda. Ushbu hamkorlik doirasida GulDUning “Yengil sanoat” yo‘nalishi II bosqich talabalari "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Sirdaryo filialining sinov laboratoriya majmuasida tashkil etilgan maxsus ekskursiyada ishtirok etdi.