Biz haqimizda

"O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi

 

"O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi O‘zbekiston muvofiqlikni baholash tizimida o‘zining qamrab olgan jabhalari, sinov va sertifikatlashtirish sohasini kengligi bo‘yicha muhim o‘rinni egallovchi tuzilma hisoblanadi.
"O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi davlat muassasasi “UzTest” o‘zining oldiga sifat infratuzilmasini doimiy rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sifatini doimiy yaxshilash orqali iste’molchilarni ishonchli natijalar bilan ta’minlash kabi vazifalarni qo‘ygan. Bu borada laboratoriya va sertifikatlashtirish idoralari xalqaro standartlar asosida akkreditatsiyadan o‘tgan. “UzTest” laboratoriyalari qabul qilinayotgan texnik reglamentlar sinovlarini qamrab olish, mahsulotga qo‘yilgan xalqaro talablar asosida sinovlarni tashkil etish bo‘yicha doimiy izlanishda va shu asosida rivojlantirilib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish to‘g‘risida”gi PQ-4419-sonli qarori 1-bandiga asosan, “O‘zstandart” agentligining “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasini 2020-yil 1-yanvardan “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat korxonasiga aylantirilgan. Markazning vazifalari va funksiyalariga mahsulotlarni va xizmatlarni sertifikatlashtirishni tashkil etish va uni o‘tkazishda tehnik reglamentlar, davlat standartlari va xalqaro standartlarni qo‘llash, istemolchini sifatsiz, shu jumladan fuqorolarning hayoti, sog‘ligi va mol-mulkiga xavf tug‘diruvchi, atrof muhitga zarar yetkazuvchi o‘zaro almashinuvchanlik va moslashuvchanlik talablarini o‘lchash uslublari va yorliqlsh qoidalari birligini ta’minlamaydigan mahsulotlardan ximoyalash va boshqalar kiradi. Xalqaro bozorda maxsulotlarning rakobatbardoshliligiga kumaklashish; maxsulotlarni sertifikatlashtirish organlarini tashkil etish; ishlab chikaruvchi va xizmat kursatuvchi korxonalarda xalqaro standartlar talablari asosida joriy etilgan menedjment tizimlarini sertifikatlashtirish xamda xalqaro standartlar talablari asosida o‘quv kurs, xalqaro miqyosida seminar va konferensiyalar tashkil etish; hududiy filiallarining faoliyatiga raxbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish; Markazning laboratoriyalarini rivojlantirish xamda ularning Sertifikatlashtirish Milliy tizimida akkreditatsiyalanishiga tayyorlanishini ta’minlash, ayrim funksiyalarni bajarish uchun shartnoma tuzish asosida mutaxassislarni jalb kilish; standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sinash masalalari bo‘yicha Markazning kadrlar tarkibini doimiy tizimli tayyorgarligi va malakasini oshirish chorasini ta’minlash; sinash va sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlar jarayonida olinadigan axborotni sir saqlanishini ta’minlash; sinash va sertifikatlashtirish bo‘yicha xujjatlar va ishchi materiallarning xisobi va saqlanishini ta’minlash; eksportga mo‘ljallangan maxsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga standartlar, maxsulotni sertifikatlash, yorliqlash, qadoklash va boshqa parametrlar yuzasidan xalqaro va mamlakatlararo talablar bo‘yicha maslaxat xizmatlarini ko‘rsatish; ishlab chiqaruvchi korxonalarga ishlab chiqarilayotgan maxsulotni xorijiy bozorlarga kiritish bo‘yicha zarur axborotlar olish uchun axborot-maslaxat yordamini ko‘rsatish; Markazning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish; amaldagi qonunchilikka qarshi bo‘lmagan boshqa xizmatlar ko‘rsatish.
Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi: sinash va sertifikatlashtirishni tashkil etadi va o‘tkazadi, muvofiqlik belgisini qo‘llash xuquqini berish uchun kelishuvlarni rasmiylashtiradi; sertifikatlashtirilgan maxsulotlar va xizmatlar reestrini yuritadi, muvofiqlik sertifikatlarini ro‘yxatga oladi; sertifikatlashtirilgan maxsulotlar va xizmatlar ustidan inspeksiya nazoratini o‘tkazadi; maxsulotlarni sertifikatlashtirish va sinash masalalari bo‘yicha respublika korxonalari va tashkilotlariga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi; Markazning tarkibiga kiruvchi sertifikatlashtirish idoralarning, sinov labaratoriyalarning, xududiy filiallarining ichki auditini tashkil etadi; sertifikatlashtirish sxemalarini belgilaydi; Markazning akkreditatsiyalangan laboratoriyalarida o‘lchash vositalarini xisobini olib boradi; sertifikatlashtirish qoidalariga rioya qilinishi va natijalarini rasmiylashtirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; O‘zbekistan xududida realizatsiya qilinadigan iste’mol tovarlarning davlat tilidagi markirovkalarini tayyorlash xizmatlarini ko‘rsatadi; yuklarni ortishda va tushirishdan avvalgi inspeksiyani xamda import kontraktlari bo‘yicha respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bahosi yuzasidan ekspertiza xizmatlarini ko‘rsatadi; ekspert xulosalar berish orqali tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlarni tasniflash TIF TN bo‘yicha tovar kodlarini aniqlaydi hamda maxsulotlarning majburiy sertifikatlashtirish ro‘yxatiga kirish yoki kirmasligi to‘grisida xulosalar rasmiylashtiradi; tashqi savdo, texnik va boshqa ish yuritish xujjatlar tarjimasini amalga oshiradi; maxsulotlarni sinash soxasida ilmiy va uslubiy tadqiqotlar o‘tkazadi; mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash jarayonida ishtirok etadi; marketing tadqiqotlar o‘tkazadi; faoliyatiga oid adabiyotlarni nashr etishda va tarqatishda qatnashadi; me’yoriy xujjatlar fondini tashkil etish va shakllantirish, uni yuritish va aktuallashtirish ishlarida qatnashadi, shu jumladan ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi, ularga bo‘lgan qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar loyixalarini tayyorlash, shuningdek xalqaro standartlarining talablarini xisobga olgan xolda yangi xujjatlarni ekspertizasini o‘tkazish va ularni kelishish ishlarida qatnashadi.
 
FAOLIYAT SOHASI

 

"O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi mintaqada ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan quyidagi yo'nalishdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish ishlarini olib boradi:
- Oziq-ovqat, parfyumeriya va kosmetika mahsulotlarini sertifikatlash organi;
- Qurilish mahsulotlarini sertifikatlash organi;
- Mashinasozlik va metallni sertifikatlash organi;
- Kimyoviy mahsulotlarni  sertifikatlash organi;
- Elektr mahsulotlari uchun sertifikatlash organi;
- Yengil sanoatni sertifikatlash organi.
 
Quyidagi yonalishlarda sinovlar olib boriladi:
- Elektr sanoati mahsulotlarini sinov laboratoriyasi;
- Yuqori va past kuchlanishli elektr materiallarini sinov laboratoriyasi;
- Mashinasozlik mahsulotlarini sinov laboratoriyasi;
- To'qimachilik sanoati mahsulotlarini sinov laboratoriyasi;
- Yengil sanoat mahsulotlarini sinov laboratoriyasi;
- Qurilish materiallarini sinash laboratoriyasi;
- Polimer va kimyoviy mahsulotlarni sinash laboratoriyasi;
- Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sinovdan o'tkazish laboratoriyasi.