Tashkiliy tuzilma

"UzTest" davlat muassasining tarkibiy tuzilmasi

 

Boshqaruv xodimlarini umumiy cheklangan soni – 64 nafar

Yordamchi xo‘jalik xodimlari - 31 nafar

* Ishlab chiqarish bo‘limlari - 457 nafar

Jami xodimlar soni – 552 nafar

 


 

"UzTest" davlat muassasasi qoshidagi sertifikatlashtirish organlarining
tarkibiy tuzilmasi

 

 

 

"UzTest" davlat muassasasi qoshidagi sinov laboratoriyalarining
tarkibiy tuzilmasi

 

-Kimyo-biologiya laboratoriyalari;
-Elektrotexnika mahsulotlarini sinash laboratoriyalari;
-Qurilish mahsulotlarini sinash laboratoriyalari;
-Mashinasozik mahsulotlarini sinash laboratoriyalari;
-Polimer-kimyo mahsulotlarini sinash laboratoriyalari;
-Yengil-sanoat mahsulotlarini sinash laboratoriyalari;
-Bolalar oʼyinchoqlarini sinash laboratoriyalari.

 

Jami 20 ta akkreditlangan sinov laboratoriyalar majmuasi faoliyat ko‘rsatadi.

Shundan 4 ta sinov laboratoriyalar Belorussiya davlatining BGSA akkreditatsiya idorasidan xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tkazilgan.

Xalqaro banklarning imtiyozli kreditlari hamda mahalliy investorlarning beg‘araz mablag‘lari xisobiga 12 ta sinov laboratoriyalar modernizatsiya qilindi, jumladan:

- Jahon bankining 9,0 mln.AQSh dollari xisobiga oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sinash bo‘yicha Toshkent shahri, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand va Xorazm hududiy filiallari sinov laboratoriyalari modernizatsiya qilindi;

- Chexiyaning UniCreditbank ning imtiyozli 4,2 mln.AQSh dollari xisobiga Piskent tumanida texnik vositalarni elektromagnit moslashuvchanlikka baholash laboratoriyasi tashkil etildi.

- Olmaliq KMK va Bekobod metallurgiya zavodining 4,2 mln.AQSh dollari xisobiga metall mahsulotlarini sinash bo‘yicha Toshkent, Andijon va Qashqadaryo hududiy filiallari sinov laboratoriyalari modernizatsiya qilindi hamda Toshkent shahrida sinov laboratoriyasining yangi korpusi qurilib foydalanishga topshirildi.