Yangi sinov laboratoriyani ishga tushirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi masʼullari Janubiy Koreya respublikasining "Korea Conformity Laboratories" tashkiloti mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Markazda tashkil etilayotgan konditsioner mahsulotlarining elektr samaradorligi laboratoriyasi hamda xalqaro talablarga moslashtirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar xorijiy delegatsiya vakillari tomonidan ijobiy baholandi.
Muloqot doirasida laboratoriyaga Koreyadan keltiriladigan uskunalarni bojxona rasmiylashtiruvini olib borish, laboratoriyaga o‘rnatish va yangi investitsiyalar asosida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi. Bundan tashqari, joriy yilning avgust oyida Koreya respublikasida 5 nafar mutaxassislarni malakasini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.