⚽️Markaz xodimlari mini-futbol boʻyicha Toshkent shahar gʻolibi boʻldi

Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shugʻullanish aholimiz, ayniqsa, yosh avlodning sogʻligʻini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan bir qatorda, sport turlari boʻyicha muntazam ravishda musobaqalarning tashkil etilishi doʻstona kayfiyat hamda oʻzaro hamjihatlikni oshirishga bevosita xizmat qiladi.
Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan tarmoq tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalar xodimlari oʻrtasida sportning mini-futbol turi boʻyicha Toshkent shahar hududiy bosqichi tashkil etildi. "Sport - salomatlik garovi" shiori ostida oʻtkazilgan va teng kurashlarga boy boʻlgan mazkur musobaqada "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi terma jamoasi birinchi oʻrinni egallab, musobaqaning mutlaq gʻolibi deb topildi

.