Xitoylik mutaxassislar bilan hamkorlik o‘rnatilmoqda

 O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Xitoy Sifat sertifikatlashtirish markazi (CQC) va Shanxay shahri Pudong tumani Bozorlarni tartibga solish tashkiloti (SAMR Pudong) delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv mobaynida amaliy hamkorlikning holati va istiqbollari, savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish, "Bir makon, bir yo‘l" loyihasi doirasida grantlar, texnik ko‘maklar hamda investitsiyalarni jalb etish masalalari o‘zaro muhokama qilindi.
Shundan so‘ng xitoylik mutaxassislar "O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Sinov laboratoriyalari majmuasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Yakunda tomonlar o‘rtasida istiqbolli hamkorlikning yangi rejalari belgilab olindi.