Xalqaro shartnoma imzolandi

Xalqaro shartnoma imzolandi
Qirgʻiziston Respublikasining Iqtisodiyot va kommersiya vazirligi huzuridagi Standartlashtirish va metrologiya markazi (Qirgʻizstandart) hamda "UzTest" davlat muassasasi masʼullari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, tajriba va fikrlar almashish, muvofiqlikni baholash sohasida seminar, konferensiya va davra suhbatlari oʻtkazish, tovarlaning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligini baholashda birgalikda sinovlarni amalga oshirish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandum orqali yurtimizda sohani yanada rivojlantirish, yetuk bilimga ega mutaxasislarni tayyorlash, ilmiy-metodologik bazasini kengaytirish, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish, oʻquv mashgʻulotlarini ilmiy asosda tashkil qilish hamda xodimlar malakasini oshirish masalalari koʻzda tutilgan.