Un mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasiga xalqaro standartlar talablari yetkazildi

Navoiy viloyati Karmana tumanidagi "DONA DON IMPORT EKSPORT" masʼuliyati cheklangan jamiyati hozirgi kunda bug‘doy uni mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Navoiy filiali mutaxassislari mazkur korxonada bo‘lib, ISO 9001, ISO 22000, Global GAP, Organic standartlari talablari bo‘yicha tushunchalar berdi. Shuningdek, korxonaga yangi turdagi mahsulotlarni sertifikatlash, eksport geografiyasini kengaytirish uchun xorijiy davlatlar standartlari talabini o‘rganishda va sohaga oid boshqa masalalarda ko‘rsatiladigan soha xizmatlari tushuntirildi. Bundan tashqari, imtiyozlar asosida eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan xalqaro sertifikatlarni olishda xarajatlarni to‘lab berish bo‘yicha moliyaviy yordam olish mumkinligi alohida ta’kidlandi.